Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi kecha, 14 mart kuni poytaxtimizdagi International mehmonxonasida iftorlik dasturxonini ёzdi.
Iftorlikda O‘zbekiston rasmiylaridan Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston prezidentining tashqi siёsat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboev hamda Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarovlar qatnashdi.
Shuningdek, marosimda xorizhiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari, siёsatchi va diplomatlar, ishbilarmon dioralar vakilari, OAV zhurnalistlari ishtirok etdi.