O‘zbekistonda hukumatni optimallashtirish bo‘yicha maъlum strategiya mavzhudmi ёki vazirlar shaxsi, obro‘siga ko‘ra vazirlikni saqlab qolish ёki boshqa idoraga biriktirish masalasi ko‘riladimi?
Bir nechta vazirlik va tashkilotlar bir necha marotaba boshqa tuzulmalar bilan qo‘shilib yana azhralib chiqdi. Davlat tashkilotlari eksperiment sifatida u ёqdan bu ёqqa o‘tib qaytib yuribdi. Adliya vazirligi yangi O‘zbekiston maъmuriy islohotlarini amalga oshirishda etakchi strateglardan bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Shunday ekan, maъlum vazirliklarni birlashib yana qayta azhralishidagi tushunarsizliklarni bu vazirlik qanday izohlaydi?
Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning aytishicha, optimallashtirish siёsatiga avvaliga ko‘pchilik qarshi bo‘lgan. «Hech qaysi davlat organi o‘zining mustaqilligini yo‘qotgisi kelmagandi», — deydi u.
“Ko‘p davlatlarda 15 ta, 13 ta vazirlik bor ekan degan fikrlarni kuzatamiz, lekin o‘sha zharaёnlarni ichiga kirib o‘rganilsa, ularda vazirliklar kam bo‘lgani bilan quyi tashkilotlar ko‘p bo‘ladi. Hattoki O‘zbekistonda yo‘q tashkilotlar ham ularda bor. Har qanday davlat organining tuzilishi bu davlat organiga bog‘liq bevosita ёki qandaydir vazifani amalga oshirishiga bog‘liq. Shuning uchun, 10 ta vazirlik bor degani, bu 10 ta vazirlikdan bosh hech qanday tashkilot yo‘q, degani emas.
269-son farmon qabul qilindi, lekin qabul qilingandan keyin bir yil zharaёn o‘tgandan keyin tahlil qilinadi. Tahlil qilingandan keyin qaysidir sohadagi masala o‘zaro birlashtirilganda samarasini bermaёtgandir. Shuning uchun shunday qarorga kelinaёtgandir. Adliya vazirligi davlat boshqaruvini shakllantirishdagi etakchi vazirlikdan hisoblanadi. Biz hamisha davlat organlarini optimizasiya qilish, yaъni ixchamlashtirish tarafdorimiz.
Bu borada ishlarimiz ko‘p. Hech qaysi davlat organi o‘zining mustaqilligini yo‘qotgisi kelmaydi. Maъmuriy islohotlar bo‘yicha taklif kiritganimizda ham zhuda katta eъtirozlar bo‘ldi, lekin amalga oshdi. Alohida karantin agentligi, alohida veterinariya qo‘mitasi, o‘rmon xo‘zhaligi davlat qo‘mitasi bor edi. Shunga o‘xshash qo‘mitalar zhuda ko‘p edi, lekin mana ikkitasi qishloq xo‘zhaligi, bittasi Ekologiya vazirligi tarkibiga kirdi. Qaysidir maъnoda bu islohotlarimiz amalga oshmoqda”, — deydi adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov.