Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda fuqarolar tomonidan 3 milliondan ortiq ruxsatnomasiz uy-zhoy qurilgan. Bu haqda Oliy Mazhlis Qonunchilik palatasining navbatdagi mazhlisida Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov maъlum qildi.
Shu sababli kecha, 27 fevralь kuni O‘zbekistonda ruxsatnomasiz qurilgan uy-zhoylarning mulk huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
“2018 yilda Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq 621 ming nafardan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-zhoylariga kadastr huzhzhatlari rasmiylashtirib berilgan edi. Shunga qaramasdan, bugungi kunga qadar 3 milliondan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-zhoylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy echimini kutmoqda”, – dedi Karimov.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarovsiz o‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasida qurilgan uy-zhoylar, boshqa bino inshoot ёki ko‘chmas mulk obъektlariga hamda kichik sanoat zonalari hududiga zhoylashtirilgan tadbirkorlik subъektlarning bino va inshootlariga nisbatan huquqni eъtirof etish tartibini belgilash zarurligi aytib o‘tildi.
«Qonun loyihasi bilan er uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-zhoy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkalarini izharaga berish tartibi belgilanmoqda.
Loyihada o‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eъtirof etilgan taqdirda, er uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar maъmuriy zhavobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda», – qo‘shimcha qildi Adliya vazirining o‘rinbosari.
Deputatlar esa qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subъektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkalariga nisbatan izhara huquqi hamda ularda qurilgan uy-zhoy boshqa bino va inshoot obъektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qilishini qayb etgan.
Shu tariqa mazkur qonun deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.