Suratlarda ko‘rinib turganidek, taъmirlash ishlari pishiq g‘ishtlar bilan amalga oshirilmoqda.
Tarixchi olim Eldar Asanovning aytishicha, aslida taъmirlash emas, restavrasiya ishlari olib borilishi kerak bo‘lib, bunda qoidalariga binoan pishiq g‘isht emas, balki «musulmon» g‘isht deb ataluvchi g‘ishtlardan foydalanish maqsadga muvofiq. – Lekin, bu g‘isht bizda ishlab chiqarilmaydi, shu sababdan uning o‘rniga pishiq g‘isht ishlatishga mazhbur bo‘lishayapti, shekilli, – deydi olim. – Eng katta muammo bu emas, taъmirlashlar sababli qadimiy ёzuvlar, naqshlar yo‘q bo‘lib ketayapti. Ёzuvlarni o‘rniga shunchaki quyma shakllarni olib kelib qo‘yishayapti, bo‘ldi. Buning oqibatida minglab ёzuvlarni yo‘qotdik.
Vazirlar Mahkamasining qarorida «Ark qo‘rg‘oni»ning bundan 100 yil oldin vayron qilingan qismlarini qayta tiklash, konservasiya qilish xorizhiy malakali soha mutaxassislarini zhalb qilgan holda ishlab chiqish, loyihalarni tegishli xorizhiy hamda mahalliy tuzilmalar bilan kelishilishini taъminlash hamda ekspertlar xulosalari asosida tashkil etish alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
2022 yilda Buxoro amirining ёzgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xossa tarixiy mazhmuasida restavrasiya ishlari qo‘yilgan talablar buzilgan holda noto‘g‘ri bazharilgani sababli binoning bir qismi tarixiy qiymatini yo‘qotgani aytilgandi.
Maъlumot uchun, O‘zbekistonda 1996 yil Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlangan, yubiley munosabati bilan keng qurilish va taъmirlash ishlari tashkil etilgan edi. O‘shanda Ark qo‘rg‘onning zhanubiy qismi devorlari ilmiy asosda inzhenerlik texnologiyalaridan foydalanib mukammal taъmirdan chiqarilgan,
Arkning shimoliy devori ham qisman mustahkamlash taъmiridan o‘tkazilgan.
Arxeologiya manbalariga ko‘ra, Buxoro Arki eramizdan avvalgi III asrda barpo etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1920 yilda Buxoro amirligi hududiga Frunze boshchiligidagi qizil armiya bostirib kiradi. Shahar qamali vaqtida aeroplanlardan bomba ёg‘diriladi va shahardagi ko‘plab binolar, maszhid va madrasalar vayron qilingan edi. Xususan, Ark qo‘rg‘onining aksariyat qismi xarobaga aylangan.