Muharrir minbari:
Mapdikor aёl qiёfasiga kirib, bozorga borib ishlab ko‘rganimda — ular haёtining eng asosiy zhihatlari, og‘ir taraflari haqida ёzmagandim.., ichimda qolib ketgandi. Bayram bahona ularni eъlon qilishga qaror qildim.
Aslida, u erda men ko‘rgan, kuzatgan, bizning zhamiyatimizdan tubdan farq qiladigan dunё haqida haqiqatlarni ёzishga uyalib kelganman.
Balki, ayrim mardikor aёllarning qora, yuzsiz o‘z zhamiyatida yashab kelaёtganidan ular emas, boshqalar uyalishi kerakdir.
Bir kecha tekin boshpana uchun erkaklar bilan qolishgacha rozi bo‘ladigan, ayrim milisiya xodimlariga «o‘lzha» ushlab berishi uchun har qanday tuhmatga tayёr, 100 ming so‘m uchun sherigini yuzini yuladigan mardikor aёllar zhamiyati bilan tanishganimga ancha bo‘lgan. Biroq, bugungacha ushbu tubanliklarni o‘z maъnaviy andozam bilan o‘lchashga haqqim yo‘q, deb kelganman. Ikki yil avval mardikor kiyimida aёllar orasiga qo‘shilib, ko‘rgan-kuzatganlarimning haqiqiy qiёfasi shunday edi.
Mardikor bozoridagi aёllarning ayrimlari haqidagi hikoyalar dilni xira qiladi. Ammo, ular haqiqat va 30 yillik «taъlim tizimi», chekka qishoqlarga etib bormagan islohotlar oqibati… Ularning hammasi emasku, lekin aksariyatiga maktab darazhasida bilim etishmaydi. Har ikki gapining birida so‘kinib gapiradi. Mardikor bozordagi ayrim erkaklar bilan, shunchaki, izhara pulini to‘lamaslik uchun birga tunashi ham mumkin. Bu odatiy hol. Bir kosa ovqat uchun apoq-chapoq bo‘lib yurgan sherigiga ham tuhmat qila oladi. Mizhoz talashib so‘kinib, yulishib, urushib ketishlari tez-tez kuzatiladi. U erdagi ayrim erkaklarning ularga munosabati ham oddiy — ikki dona somsa olib bersa, endi menga bu aёl mumkin, deb hisoblaydi.
Milisiya xodimlari aёllarni xohlagancha manipulyasiya qiladi. Xohlasa so‘kinib, xohlasa turtib gaplashaverishadi. Ayrimlarining xatti-harakatini, muomalasini tasvirlashga «shallaqi» degan so‘z torlik qiladi. Pul topish, mizhoz topish uchun har qanday ishga tayёr. O‘zlaridan yaxshiroq kiyingan aёlga nisbatan nafratlari o‘ta kuchli.
Ular orasiga kirib, ayrimlarning hikoyasini tinglayman. «Falon erkak uyiga olib ketsa, non sotib kun ko‘raverasiz, ёnidan tekinga zhoy beradi», deydi. Yana boshqasini gapga solaman, unda boshpana va qorindan bo‘lak tashvish va maqsadlari yo‘qdek.
Ishga ёllashga kelaёtganlarning aksari kir, qiyin ishlarni taklif qiladi. Aёllar esa bundan aslo hayratlanmaydi. Shu bugun kunlari o‘tsa bo‘lgani. Biz yashaёtgan haёtdan tamomila boshqa dunё. Uning o‘z o‘lchamlari, zhargoni, haqiqati bor. Lekin, bunda ularni ayblashni istamasdim. Ularning haёtida 30 yil zhavralgan maъnaviyatdan bir tomchi ham yo‘q.
G‘arb seriallari bizni maъnaviyatimizga zarar qilayapti, degan maъnaviyatchilar yo‘qchilik va bilimsizlik ham odamlarni qancha tubanlikka cho‘ktirishini shu erga kelib ko‘rib ketishlari kerak. Menga tuban ko‘ringan bu aёllarning ortida og‘ir hikoyalari borligi tabiiy. Ularni bu kuyga tushishida atrof-muhit, past haёt darazhasi sabab bo‘lgani aniqdek. Balki, mana shu mardikor aёllar borgan maktablariga ham «buyuk kelazhak» haqidagi shiorlar osilgandir. Ular ham televizor orqali Tanzila Narbaevaning vaъdalarini, farovon haёt haqidagi gaplarini eshitishgandir. Ayrim hokimlarning populistik vaъdalariga sodda bo‘lib ishonishar… Amaldorlarni piarlarini ham tamosha qilishar… Agrepina Shinning soch turmagiyu, Hilola Umarovani ko‘ylaklariga havas bilan qarashar… Televizordagi haёtni izlab erta tongdan mehnat qilgani bozorga otlanishar. Biroq, ular chala-pulcha tanigan amaldorlar ularni etuk inson bo‘lishi uchun etarli sharoit yaratib berishga mazhbur va masъul ekanligi haqida esa o‘ylab ham ko‘rishmagandir. 8 mart bayrami ularga ham muborak bo‘lsin.