Toshkentda pulli «parkovka»lar tashkil etish uchun o‘tkaziladigan auksion iqtisodchilarda havotir uyg‘otmoqda.
«Buni auksion deb atab bo‘lmaydi, bizga bir qo‘lli parkovka monopoliyasi kerak emas», demoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.
Toshkent shahrida 50dan ortiq ko‘chada pulli to‘xtash zhoylarini boshqarish huquqi uchun auksion eъlon qilindi.
Bakirovning ёzishicha, agarda auksion poytaxt maъmuriyati istagandek o‘tsa, shaharda yagona «Parkovka qiroli» paydo bo‘ladi.« G‘olibi oldindan ёpiq kabinetlarda kelishilmagan bo‘lmasa, bu zharaёnni auksion deyishga til bormaydi», deydi u.
Iqtisodchi bu fikrini bir necha bandlar bilan asoslab bermoqda:
Birinchidan, poytaxtdagi 50dan ortiq eng gavzhum va likvidli ko‘chalar bitta lotda savdoga chiqarilmoqda. Yaъni «g‘olib» bitta ko‘cha ёki mavzedagi ko‘chalarni emas, butun shaharni «qo‘lga kiritadi». Normal auksion sharoitida shahardagi bo‘lazhak parkovkalar o‘nlab lotlarga bo‘linishi va ular o‘zaro bog‘lanmagan investorlarga taklif etilishi zarur. Bunda masalan, bir hududdagi Shevchenko, Chexov, Shahrisabz va Yakkachinor ko‘chalari bita lotda emas, turli lotlarda savdoga qo‘yilishi va bitta qo‘lda zhamlanmasligiga urg‘u berilishi kerak.
Ikkinchidan, barcha ko‘chalar bitta lotga bog‘langani uchun auksionga kirish shartlari zhuda og‘ir va qimmat qilingan. Tabiiyki, qaysidir avvaldan kelishilgan g‘olibga moslashtirilgan bo‘lishi ehtimoli mavzhud. 5 million dollarlik investisiya shartini bazharish va boshlang‘ich narxi 57,2 mlrd.so‘mlik yillik izhara narxini qabul qilishga zhurъat etuvchi o‘nlab raqobatdosh biznes subъektlar topilmasligi aniq (sparring raqib rolini o‘ynab beradiganlar doim topiladi). Lekin, aytaylik, lotlar 20ta bo‘lsa, auksionga kirish investisiyaviy shartlari 100 ming dollardan boshlansa, ishtirokchilar soni keskin ortadi. Tabiiyki, auksion ham keskin raqobatli bo‘ladi, izhara haqining narxi auksionda tezroq va ko‘proq oshadi, davlat ham karrasiga yutadi.
Uchinchidan, auksionlar oxirgi yillarda amaldorlar qo‘lidagi g‘irt manipulyasiya vositasiga aylanib bo‘ldi. Bu haqda ichkarida emas, chetdagi ovozlar orqali ham ochiq gapira boshlashdi. Er sotishdan tortib xususiylashtirishgacha qo‘llanilaёtgan auksion zharaёnida sunъiy ravishda qo‘shilgan byurokratik va korrupsion g‘ovlarni, raqobatni cheklovchi qoidalarni doimiy inventarizasiya qilib borish vaqti allaqachon kelgan. Auksionlar shartlari masalan, Antikorrupsiya agentligi tomonidan korrupsiogenlik nazoratidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan esa raqobatdoshlilik mezonlaridan o‘tishi mazhburiy bo‘lishi zarur, deb ёzadi Otabek Bakirov.
U Raqobat qo‘mitasi va Antikorrupsiya agentligi poytaxtda parkovka monopoliyasini yaratishi mumkin bo‘lgan, belgilariga ko‘ra auksion deb atash qiyin bo‘lgan bu auksionni to‘xtatishiga umid qilmoqda.
Maъlumot uchun, barcha tumanlarda izharaga beriladigan maydonlarning umumiy hazhmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bunga quyidagi ko‘chalarning qismlari kiradi:
Toshkentning markaziy qismida (zhumladan, Amir Temur xiёboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahё G‘ulomov, O‘zbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Yakkachinor, Shastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimzhon, Chexov va boshqa ko‘chalar);
Uchtepa va Chilonzor tumanlarida (Kichik halqa avtomobilь yo‘li, Farhod, Lutfiy, Cho‘ponota, Muqimiy, Qatortol, Chilonzor, Arnasoy, Esenin, Beshqayrag‘och ko‘chalari);
Sergeli va Yangihaёt tumanlarida (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Shokirariq, Islom Sattorov, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik ko‘chalari);
Olmazor va Shayxontohur tumanlarida (Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamish, Qorasaroy, Shimoliy Olmazor ko‘chalari);
Bektemir tumanida (Husayn Boyqaro ko‘chasi);
Mirobod tumani (Yangi Qo‘yliq ko‘chasi);
Yashnobod tumanida (Ohangaron yo‘li ko‘chasi, Quyi Talariq, Sives, Quruvchilar ko‘chalari).
Yillik izharaning boshlang‘ich narxi 57,21 mlrd so‘mni tashkil etmoqda, muddati esa 3 yil. Dastlabki ikki yil ichida izharachi avtoturargohlarni zhihozlash, parkomatlar va harakatni tashkil etish vositalarini o‘rnatish, shuningdek, kommunikasiya va aloqani amalga oshirish uchun kamida $5 mln sarmoya kiritishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabrda ham Toshkent shahar hokimligi poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chasida pulli parkomatlar tashkil etishni “Kasy Park” MChZhga topshirishga qaror qilgandi . O‘shanda ham bu monopoliya uyg‘otishi mumkinligi haqida xavotirlarga sabab bo‘lgan.