Tolibon Afg‘onistonga hukmronlik qilishni boshlaganidan buёn birinchi marta BMTning iqlim konferensiyasida qatnashadi. Bu haqida Afg‘onistonning Milliy atrof-muhitni himoya qilish agentligiga tayanib «South China Morning Post» nashri maъlum qildi.
COP29 nomi bilan tanilgan konferensiya bugun boshlandi. Rasmiy tan olinmagan hukumat sifatida ishtirok etaёtgan Tolibon uchun bu muhim ko‘p tomonlama muzokaralardan biri hisoblanadi.
Milliy atrof-muhitni himoya qilish agentligi rahbari delegasiya iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistonning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy mexanizmlarga ehtiёzhlarini taqdim etish va moslashuv choralarini muhokama qilish uchun konferensiyadan foydalanishini aytgan.