11–22 noyabrь kunlari Ozarbayzhon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (BMT UNFCCC) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) bo‘lib o‘tadi.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMTning doiraviy konvensiyasi (COP-29) doirasidagi Konferensiya iqlim masalalari bo‘yicha har yili tashkil etiladi va global isish hamda uning oqibatlariga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish uchun eng muhim xalqaro tadbirlardan biri sanaladi.
Anzhumanda davlat etakchilari, xalqaro tashkilot vakillari, olimlar, zhamoatchilik faollari va biznes hamzhamiyati vakillari ishtirok etadi.
Tadbirda hozirgi iqlim holati, karbonat angidrid chiqarilishini kamaytirish rezhasi va barqaror iqtisodiy modellar tomon o‘tish masalalari muhokama qilinadi. Tadbir 1992 yilda qabul qilingan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT doiraviy konvensiyasi (UNFCCC) doirasida o‘tkaziladi va har yili 190 dan ortiq davlatlar delegasiyalarini yig‘adi.
O‘zbekiston delegasiyasi ham unda ishtirok etadi.
COP-29 ning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
U har bir mamlakat uchun ahamiyatli masalalarni qamrab oladi:
- Milliy iqlim mazhburiyatlarini yangilash. Har bir ishtirokchi mamlakat o‘zining zararli gazlar chiqarilishini kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va atrof-muhitga taъsirni kamaytirish bo‘yicha mazhburiyatlarini taqdim etishi kerak.
- Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish. Qurg‘oqchiliklar, suv toshqinlari va dengiz sathining ko‘tarilishi kabi holatlar soni oshib boraёtgan sharoitda, mamlakatlar ekotizimlari, zhamoat infratuzilmasi va mahalliy zhamoalarni himoya qilish usullarini muhokama qilishadi.
- Iqlim loyihalarini moliyalashtirish. Past uglerodli iqtisodiёtga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy manbalar va hazhmlarni belgilash ustuvor vazifalardan biridir, ayniqsa rivozhlanaёtgan mamlakatlarda.
- Barqaror energetikani rivozhlantirish. COP doirasida qazib olinadigan ёqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Nima uchun COP muhim?
Taъkidlash zhoiz, COP Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyani nazorat qiluvchi oliy qonunchilik organi bo‘lib, hozirgi kunda 198 mamlakatni birlashtirgan.
COP— bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi yagona yirik platforma. Oldingi sessiyalarda, masalan, 2015 yilda Parizh kelishuvi imzolangan bo‘lib, unda ishtirokchilar global harorat o‘sishini cheklash va iqlim barqarorligini taъminlashga ёrdam bera oladigan darazhada zararli gazlar chiqarilishini kamaytirishga kelishib olgandilar.
Ko‘plab davlatlar uchun COPda ishtirok etish hamkorlik qilish va tazhriba almashish imkonini beradi. Bu esa ularga iqlim o‘zgarishi oqibatlarini tezroq va samaraliroq bartaraf etishda ёrdam beradi, ayniqsa uning taъsiriga eng ko‘p uchraydigan mintaqalarda.
Maъlumot uchun, ikki haftalik konferensiya dasturi yuqori darazhadagi yalpi mazhlislar, dunё etakchilarining iqlim bo‘yicha sammiti, Izhroiya kengashi yig‘ilishlari, muvofiqlashtiruvchi uchrashuvlar, ёshlar iqlim forumi, iqlim bo‘yicha zhahon sammiti, 17-Nayrobi ish dasturi koordinatorlari forumi, moliya, sarmoya, savdo, yashil energiya, texnologiya va innovasiyalar, sog‘liqni saqlash, inson taraqqiёti va ёshlar, oziq-ovqat, qishloq xo‘zhaligi, suv resurslari, tabiat va bioxilma-xillik, transport va turizm, gender tengligi va boshqa mavzularda davra suhbatlari va seminarlarni o‘z ichiga oladi.