Siёsiy partiyalar bu yilgi saylovlarda Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar nomlaridan partiya obro‘sini oshirish uchun foydalangani aytilmoqda.
Tarmoqlarda birorta rahbarning deputat bo‘lib ishlamasligi, o‘z o‘rnida qolib ishini davom ettirishi haqida xabarlar eъlon qilinmoqda.
Shunda vazir va amaldorlarni Parlamentda ko‘rishni istab, partiya uchun ovoz bergan saylovchilar aldandimi?
O‘zbekistonda mavzhud 5 ta partiya mazhoritar saylov tizimida parlamentdagi o‘rinlar uchun 75 nafardan iborat (proporsional) zhamoatchilikka tanish bo‘lgan yuzlarni taqdim etdi. Ular orasida, Ekologik partiya tomonidan Aziz Abduhakimov, «Milliy tiklanish» partiyasi tomonidan qator aktёrlar va madaniyat vaziri, Liberal demokratlardan Davron Vahobov (Savdo sanoat palatasi raisi), Zhamshid Xodzhaev (Bosh vazir o‘rinbosari) kabi amaldorlar nomzodi ko‘rsatilgan.
Endilikda nomzodlari tasdiqlangan yuqori lavozimli amaldorlar partiya safida bo‘lgan holda deputatlikda qolmasligi, vazirlikdagi va boshqa lavozimlarini saqlab qolishi kutilaёtgani aytilmoqda. 27 oktyabrda saylov natizhalari eъlon qilingan va 1 noyabrь so‘nggi kun bo‘lib qaysi vazirlar amalidan voz kechishi aniq bo‘ladi.
O‘z ovozini beraёtgan saylovchilar ommaga tanish bo‘lgan amaldorlar partiyasini tanlab yanglishmadimi? Saylovchilar tanlagan partiya nomzodlari Qonunchilik palatasida o‘tirmasligi qanchalik to‘g‘ri? Mazkur savollarga zhavob bergan O‘zLiDeP raisi o‘rinbosari Dilshod Shoumarov “Saylovchilar nomzodlar emas partiyalar uchun ovoz berdi. Proporsional tizim bo‘yicha kiritilgan 75 nomzodlar partiya tarkibida so‘zsiz qoladi”, deb zhavob berdi.
Biroq, saylovchilar uchun parlamentda kim o‘tirishi va kim ovozlar berib qaror qabul qilishi ham muhim. Besh kun ichida mashhur amaldorlar nomiga qarab ovoz bergan saylovchilar qanchalik aldangani ёki aksincha bo‘lgani maъlum bo‘ladi.