Yillik o‘lchovda uy-zhoy savdosi 20,8%ga kamaydi, bu esa uy sotib olishga qiziqishning kamayishini ko‘rsatishi mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avgust oyi uchun O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori baholarini eъlon qildi.
Qayd etilishicha, avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori faoliyatida biroz pasayish bilan tebranishlarni ko‘rsatmoqda. Ikkilamchi uy-zhoy bozori mo‘ъtadil o‘sishni ko‘rsatmoqda, Toshkentda esa izhara uy-zhoy bozori barqarorlashmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga ko‘ra, avgust oyida 22,2 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olingan, bu iyulь oyiga nisbatan 3,5%ga kam bo‘lib, savdolar soni 23 mingtani tashkil etgan.
Yillik o‘lchovda faollikning sezilarli darazhada pasayishi kuzatilmoqda: uy-zhoy savdosi 20,8%ga kamaydi, bu esa uy sotib olishga qiziqishning kamayishini ko‘rsatishi mumkin, deyiladi sharhda.
2024 yil avgust oyida hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning eng katta pasayishi Sirdarё (22,6%) va Xorazm viloyatlarida (13,2%), shuningdek Toshkent shahrida (9,7%) qayd etilgan.
Yillik o‘lchovda Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida ko‘chmas mulk savdosining pasayishi har bir hududda 30 foizdan ortiqni tashkil qildi.
Izhara narxlari pasaymoqda
Avgust oyida Toshkent shahrida izhara uy-zhoy bozoridagi vaziyat barqarorlashgan, bu erda izharaning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun 8,3 dollarni tashkil qildi, bu o‘tgan oydagi ko‘rsatkichga to‘g‘ri keladi. O‘tgan oylarga nisbatan narxlarning pasayishi kuzatilmoqda: iyulь oyida – 0,6%ga, iyunь oyida – 1,2%ga. Shunday qilib, avgust oyida bozor ikki oylik pasayishdan keyin barqarorlikni ko‘rsatdi.
Bu turli omillar, zhumladan, izharachilar faoliyatidagi mavsumiy tebranishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xususan, o‘quv yilining boshida uy-zhoy izharasiga talab oshishi mumkin.
Toshkent shahrida tumaniga qarab uy-zhoy izharasi narxidagi farqlar ham barqarorligicha qolmoqda. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida izhara narxining yuqoriligi saqlanib qolmoqda, bu erda o‘rtacha izhara narxi har kvadrat metr uchun taxminan 10 dollarni tashkil etadi.
Bektemir va Sergeli kabi hududlarda nisbatan arzon narxlar bo‘lib, bu erda izhara har kvadrat metr uchun o‘rtacha 6 dollar turadi.
O‘tgan yilning avgust oyida Toshkent shahrida izharaga beriladigan uy-zhoylarning har kvadrat metri o‘rtacha 9 dollarni tashkil etgan va yil davomida 7,3%ga pasaygan.
Yil davomida izhara narxining sezilarli pasayishi Yakkasaroy tumanida – 14,8%ga, Yashnobod tumanida – 13,3%ga, Shayxontohur tumanida – 11,5%ga va Yunusobod tumanida – 10%ga kuzatildi.
Toshkentda ikkilamchi uy-zhoylarning narxi barqaror, Xorazmda esa anchagina oshgan
Zhoriy yilning avgust oyida respublikada ikkilamchi uy-zhoy narxi 0,7%ga oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning avgust oyidan boshlab uy-zhoyning 1 kv. m uchun o‘rtacha narxi 9,7%ga oshdi.
Shu bilan birga, ikkilamchi uy-zhoy narxi Xorazm – 21,4% ga, Surxondarё – 14,6%ga, Buxoro – 13,4%ga, Qashqadarё – 13,3%ga viloyatlarida sezilarli darazhada oshgani qayd etildi.
Toshkent shahridagi ikkilamchi uy-zhoy bozorida narxlar biroz pasayganidan so‘ng, avgust oyida barqarorlik kuzatildi: narxlar atigi 0,2%ga oshdi va har kvadrat metr uchun 1 128 dollarni tashkil etdi.
Poytaxtning aksariyat tumanlarida ikkilamchi uy-zhoylar narxi o‘zgarishsiz qoldi, faqat Mirobod va Olmazor tumanlarida uy-zhoylar mos ravishda 1,7% va 1,3% ga qimmatlashdi.
Toshkentning yana uchta tumanida narxlar tushib ketdi. Xususan, Shayxontohur – 1,1%, Sergeli – 0,9% va Chilonzor tumanlarida – 0,6%.
Yil davomida Toshkentda ikkilamchi uy-zhoylarning o‘rtacha narxi 4,2%ga oshdi.