7 sentyabrь kuni o‘tgan “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi “O‘zbekistonda islom moliyasi” haqida bo‘ldi.
Yig‘ilishda ekspertlardan Hasanxon Yahё Abdulmazhid, Anvar Tursunov, Husain Razhabov, Alizhon Ravshanov, Sanzhar Begzodov, Nuriymon Abulhasan va boshqalar qatnashdi.
Nodavlat taъlim muassasalari assosiasiyasi raisi, islomshunos olim Nuriymon Abulhasanning aytishicha, bugungi kunda izhtimoiy tarmoqlarda domlalarimizga kreditlar bo‘yicha ko‘plab savollar berilmoqda.
“Birinchidan biz shuni yaxshilab anglashimiz kerakki 90 foizdan oshiqroq aholisi musulmon mamlakatda yashayapmiz. Menga aytishadi: Kechalari uyg‘onib ketaman. Kreditim bor, xuddi harom ishni qilib yuraёtgandekman. Ishonasizlarmi, yo‘qmi, mana shu oddiy kredit bor-ku avtokredit bo‘ladimi, ipoteka kredit bo‘ladimi, bu bir necha barobar qimmat. Lekin bizni qiziqtiradigan narsa halolmi, halolmasmi nuqtamiz o‘sha erda. Avtokredit va uy kreditning nomini musulmonchilikka xos qilib berishga harakat qilaylik. Ayni damda eng katta qiladigan ishimiz shu bo‘lishi kerak”, – deydi u.
Nuriymon Abulhasanning aytishicha, islom moliyasiga 10 yildami, 15 yildami kirishimiz nomaъlum.
«Lekin musulmon o‘laroq ertaga hech kimga kafolat berilmagan. Ertaga biz yashaymizmi yo‘qmi. 90 foiz aholini kim o‘ylaydi. Nima uchun ular harom eyapmanmi, deb o‘zlarini qiynashi kerak, nima uchun? Biz shuni oxirigacha etkizib, to‘g‘rilab tushuntirib qo‘ysak bo‘ladi-ku.
Platformagami, qonunchilikka kiritib qo‘yaylik. Islom moliyasi shaklida kreditlarni qiladigan bo‘lsak, bu erda puli muhim emas hozir, qimmat bo‘lsa ham lekin, halollik zhoyini, mutaxassis sifatida, sizlar, zhamoatchilik, hammamiz birgalashib erishishimiz kerak. Agar kerak bo‘lsa administrasiyaga chiqamiz, tushuntiramiz», – dedi Nuriymon Abulhasan.
Shuningdek, Nuriymon Abulhasan mamlakatda islom moliyasi bo‘yicha bugungi kundagi qilinaёtgan ishlar haqida ekspertlardan so‘radi.
Uning savoliga zhavob bergan huquqshunos, yuridik fanlari doktori “IFCB» kompaniyasining izhrochi direktori Husain Razhapovning aytishicha, hukumat tomonidan islom moliyasi uchun imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.
“Taqdimotlarimizda ham aytdik. Mikromoliya tashkilotlariga islom moliyasi xizmatlari asosida faoliyat yuritishiga ruxsat berdi. Bu nima degani zhismoniy shaxslarga mikromoliya tashkiloti 100 milliongacha moliyalashtirishi mumkin. Kam bo‘lishi mumkin, lekin bor. Tadbirkorlarga 300 milliongacha limit qo‘yilgan. Menimcha aholining ehtiёzhidan kelib chiqib mikromoliya tashkilotlari O‘zbekistonda ko‘payadi. Mikro doirada kreditlarini echish mumkin”, – dedi ekspert.
Razhapovning aytishicha, prezident avgust oyida bu bo‘yicha vaъda bergan.
«Men o‘ylaymanki yaqin oylarda banklarga ham bunday imkoniyatlar beriladi. Nafaqat kichik miqdordagi qarz (kredit), katta miqdordagi pullar uchun ham banklarda bu masalaga echim topiladi deb o‘ylayman»,- dedi u.