Rus aёllari Turk erkaklariga aldanib qolaёtgani uchun Davlat dumasi turk seriallarini taqiqlamoqchi. Bu haqda «Govorit Moskva» nashri maъlum qildi.
Unga ko‘ra, turk seriallarida real haёtga mos kelmaydigan turk yigiti obrazi gavdalantiriladi va bu ko‘plab Rossiyalik aёllarni o‘ziga zhalb etadi. Ammo real haёtga mos kelmaydigan bunday erkaklar obrazi sababli rus aёllari aldanib qoladi. Buning natizhasida ular ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi.
“Turk seriallari taqiqlanishi kerak. Chunki turk seriallari butunlay axlat. U boshidan bu boshigacha ёlg‘on. Turkiyadagi kabob sotuvchilar birdaniga o‘zlarini yaxshi aktёr deb qaror qildilar. Vaholanki davlatda bitta aqlli aktёr yo‘q, hammasi mutlaqo isteъdodsiz, arzon buffonlar (buqa). Turk seriallarini taqiqlash kerak”,- deydi Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov.
O‘zbekiston aholisi orasida ham Turk filьmlarini teleekranlarda namoyish qilinishiga qarshi fikrlar ko‘p bildiriladi.
Hatto 2012 yil fevralida telekanallarda namoyish etilaёtgan barcha turk seriallari baravar to‘xtatilgan.
O‘shanda «Ёshlar» kanalida «Kelin», NTT kanalida «Muhabbat simfoniyasi», «TV Markaz»da «Azhralsak-da birgamiz» seriallari namoyish etilaёtgandi. Bundan tashqari, «TV Markaz» «Muhtasham yuz yil» seriali tez orada namoyish etilishi haqida anonslar berilaёtgandi.
Ushbu seriallar to‘xtab qolishi texnik nosozliklar bilan izohlangan bo‘lsa-da, turk seriallari namoyishi 2017 yilgacha tiklanmagan.
Bundan tashqari, 2021 yilda MY5 telekanalida namoyishi uzoq davom etmagan «Hukmdor Usmon» seriali AOKA va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnaevning talabi bilan efirdan olingan degan xabarlar ham bor.