- “O‘zbekiston uchun eng xavfsiz hamkor – Zhanubiy Koreya!”
- “Koreya xalqining xech bir ёmon zhihati yo‘q. Ular o‘zbeklarning yaxshiligini hech qachon unutmaydi”.
- “Xitoy ham, Rossiya avtoritar davlat va ular bilan aloqalarda xatarlar yuqori. Ammo geografik zhihatdan ulardan voz kechishning imkoni yo‘q”.
- “Baъzi davlatlar o‘z texnologiyalarini sotadi, baъzilari umuman bermaydi, ёki bersa hamki qandaydir talablar qo‘yadi. Koreyada shunday harakter yo‘q. U o‘z texnologiyalarini boshqa davlatlardan qizg‘onmaydi”.
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Ёlь rafiqasi bilan 10-15 iyunь kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi.
Shuning bilan Zhanubiy Koreya tabiiy gazning boy zahiralariga – uran, litiy va volfram kabi muhim minerallarga ega Markaziy Osiё uchun “K-Ipak yo‘li” strategiyasini eъlon qildi. Bu mintaqaning strategik ahamiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bu haqda 7 iyunь kuni bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Seul Milliy xavfsizlik direktorining birinchi o‘rinbosari Kim Tae Xё maъlum qildi. Unga ko‘ra, Koreya Markaziy Osiёning beshta davlati bilan Koreya-Markaziy Osiё sammitini tashkillashtiradi va kelasi yili Seulda uning ilk yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Kim Tae Xёning aytishicha, bunga sabab dunё davlatlarining Markaziy Osiёga qiziqishi ortib boraёtganidir.
Bunga misol tariqasida u Amerika Qo‘shma Shtatlari, Evropa Ittifoqi va Germaniya 2022 yildan beri har biri beshtagacha sammit o‘tkazganini keltirib o‘tar ekan, Rossiya va Xitoy ham mintaqa bilan aloqalarini chuqurlashtiraёtganini qo‘shimcha qilgan.
“Mintaqada ёsh va dinamik demografik tuzilma mavzhud va o‘sish salohiyatiga to‘la”,
dedi prezident devonining yuqori lavozimli xodimi.
Ammo uning aytishicha, bu davlatlar Markaziy Osiё uchun xavfsiz emas va shuning uchun Markaziy Osiё davlatlari o‘zlarini baъzan bosim ostida his qiladi.
“AQSh va Xitoy kabi global kuchlar mintaqa bilan aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda. Ular sarmoya va qo‘llab-quvvatlash pozisiyasida bunday hamkorlikni davom ettiraёtgan bo‘lsa ham mintaqa mamlakatlari baъzan o‘zlarini bosim ostida his qilishadi. Ёki ochiqchasiga aytganda, ular imperializmning yangi shakliga duchor bo‘lishlari haqida xavotirlari mavzhud. Shu bois Koreyaning ёndashuvi ushbu davlatlar tomonidan olqishlanmoqda. Ularning Koreya bilan hamkorlik qilish istagi infratuzilma, sanoatni rivozhlantirish, iqlim va raqamli saъy-harakatlarni qamrab oladi va bu hamkorlikni mazmunli qiladi”,
dedi u.
Shu sababli ham Prezident Yun Suk Ёlning Markaziy Osiё mamlakatlariga davlat tashrifi katta ahamiyatga egaligi aytilmoqda.
“Bilim karvoni” aql markazining eksperti Zokir Usmonovning maъlum qilishicha, Zhanubiy Koreyaning O‘zbekiston bilan aloqalarini yaxshilashga urinishi bu yaqin tarix bilan bog‘liq.
1937 yilda Uzoq Sharqdan zhuda ko‘p koreyslar ko‘chirib kelingan va o‘zbek xalqi o‘z nonini ular bilan bo‘lishgan. Koreys xalqi buni aslo unutmaydi.
“Koreyslarning Markaziy Osiёdagi eng katta diasporasi O‘zbekistonda. Mamlakatda 220-250 ming nafar koreyslar yashaydi. Bundan tashqari, koreys xalqi zhuda mehnatkash va bilimga chanqoqligi bilan o‘zbek xalqiga o‘xshaydi. Shu paytgacha koreys xalqining biron bir ёmonligi, salbiy zhihatlari namoёn bo‘lmagan. Necha yildan beri yashab kelaёtgan bo‘lsa, faqat o‘zining yaxshi xislatlarini ko‘rsatib kelgan.
Ikkinchi tomondan, garchi Qozog‘iston bizga qaraganda rivozhlangan bo‘lsa-da, Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ham Markaziy Osiёda birinchi o‘rinda turadi”,
dedi Usmonov.
Uning aytishicha, O‘zbekistonning texnologiyalashishi uchun ham eng yaxshi hamkor faqat Zhanubiy Koreya bo‘la oladi.
“Biz harbiy qurollanish, yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘z oldimizga 2030 yilgacha zhuda katta marra qo‘yganmizki, baъzi davlatlar o‘z texnologiyalarini sotadi, baъzilari umuman bermaydi, ёki bersa ham qandaydir talablar qo‘yadi. Koreyada shunday harakter yo‘q. U o‘z texnologiyalarini boshqa davlatlardan qizg‘onmaydi”,
dedi ekspert.
10 iyunь kuni Zhanubiy Koreya Prezidenti Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan dastavval qo‘shma sammit o‘tkazadi. Ertasi kuni esa ikki davlat kompaniyalari ishtirok etadigan biznes forumida qatnashadi.
Shu kunning o‘zida, yaъni 11 iyunь kuni Qozog‘istonda uchib ketadi va 12 iyunь kuni Prezident Qosim-Zho‘mart To‘qaev bilan ham sammit o‘tkazadi.
Qozog‘istonda ham davlat rahbarlari boshchiligida ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Yun O‘zbekistonda uch kun bo‘ladi. U 13 iyunь kuni O‘zbekistonga uchib keladi va Prezident Shavkat Mirziёev bilan ham xuddi shunday sammit o‘tkazadi. 14 iyunь kuni biznes-forumda ishtirok etib, 15 iyunь kuni o‘z tashrifini yakunlaydi. Safarda Yunning rafiqasi Kim Keon Xi hamrohlik qiladi.
“Koreya Prezidenti Markaziy Osiёning uchta davlati – Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan tabiiy resurslari va iqtisodiy o‘sish salohiyati mo‘l bo‘lgan ushbu davlatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlamoqchi.
Ular bilan bo‘lib o‘tadigan sammit o‘tgan yilgi Koreya-Tinch okeani orollari sammiti va shu oy boshida bo‘lib o‘tgan Koreya-Afrika sammitidan keyin Yun hukumatining diplomatik zhabhasini kengaytirishga qaratilgan saъy-harakatlarining so‘nggi bosqichi bo‘ladi”,
dedi Kim.
Koreya Xavfsizlik kengashi masъuli Zhanubiy Koreyaning Markaziy Osiё uchun mutlaqo xavfsiz va do‘stona mamlakat ekanini taъkidlar ekan, bu hamkorlik mintaqa uchun zhuda foydali bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
“K-Ipak yo‘li” tashabbusi Koreyaning Markaziy Osiё mintaqasi bilan hamkorligini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarish rezhasini o‘z ichiga oladi. Tashabbus orqali Koreya tinch va farovon Markaziy Osiёga birgalikda ёrdam berishga intiladi.
Tashabbus hamkorlikning to‘rtta asosiy ustuniga ega: resurslar, rivozhlanishga rasmiy ёrdam, madaniy va odamlar almashinuvi, hukumat va xususiy darazhadagi tarmoqlar hamkorligi.
Ushbu ustunlarga asoslanib, Koreya beshta davlatning har biri bilan tegishli sohalarda moslashtirilgan hamkorlikka eъtibor qaratadi”,
– degan u.
Mutaxassis Zokir Usmonov ham ayni shu yo‘nalishlarga to‘xtalar ekan, Zhanubiy Koreyaning mashinasozlik, sanoatlashuv borasidagi ёrdamlari haqida gapirdi.
O‘zbekistonda ilk avtomobil zavodini Koreya qurib bergan. Bunga nafaqat O‘zbekistondagi, balki Markaziy Osiёdagi zhuda katta voqea sifatida qarash kerak. Chunki xohlaymizmi, yo‘qmi rivozhlanishni xohlagan har qanday mamlakat mashinasozlikni rivozhlantirishi kerak. Koreya esa O‘zbekistonning turli hududlarida mashinasozlikni qaytadan tiklamoqda. KIA zavodlarining qurilishi bormi, ёki Zhizzaxda qurilaёtgan Hyundai zavodimi, bunga yaqqol misoldir. Ammo bu aloqalar bugungi kundagi salohiyat uchun etarli emas. O‘zbekiston Koreya bilan aslida bundanda yaxshi hamkorlik qila oladi va bu mamlakat uchun zhuda foydali bo‘lardi. Shu sababli Koreya ilgari suraёtgan dastur – “K – Ipak yo‘li” dasturi bizning manfaatlarimiz uchun to‘liq mos keladi”,
dedi mutaxassis.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xohlaymizmi-yo‘qmi Xitoy ham, Rossiya ham avtoritar davlat va ular bilan aloqalarda xatarlar yuqori. Ammo geografik zhihatdan ulardan voz kechishning imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsa-da iqtisodiёtda ularning ulushini pasaytirish davr talabi.
Ular bilar iqtisodiy bog‘liqligimiz zhuda katta bo‘lib, pandemiya paytida bu yaqqol ko‘zga tashlandi. O‘zbekiston zhuda katta xatarlar oldida qoldi. Xitoy, ёki Rossiya bilan aloqalarni shart uzib qo‘yish haqida gapirmayapman. Aksincha, boshqa qudratli mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni tezlashtirish evaziga ularning taъsirini pasaytirishni nazarda tutyapman.
Bunda birinchi galda yaqinda bo‘lib o‘tgan Turkiya Prezidenti bilan uchrashuvni va yana Koreya Prezidentining kelishini hisobga olsak, bu yaxshi qadamdir.
Koreya doim o‘zini bosqinchi davlatlardan himoya qilib kelgan. U uzoq yillar davomida shunday tuzumdan ezilgan va bu borada qismatimiz o‘xshash bo‘lgan. Shu sababli ham mamlakat ana shunday zhabrdiyda davlatlardan o‘z ёrdamini ayamay, doim beminnat ko‘mak berib keladi”,
dedi u.
Masalan, Koreya Qozog‘iston bilan energetika va infratuzilma, Qirg‘iziston bilan suv resurslari va turizm, Turkmaniston bilan energetika stansiyalari bo‘yicha hamkorlikka zhiddiy eъtibor qaratmoqchi.
“Markaziy Osiё qadimiy Ipak yo‘lining asosiy qismi bo‘lgan, Evropa va Osiёni bog‘lovchi strategik maskan.
Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat kabi ko‘plab inqirozlar fonida mintaqaning ahamiyati ortib bormoqda”,
deydi Milliy xavfsizlik byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Kim Txe Xё.
10-15 iyunь kunlaridagi Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga davlat tashrifi Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Ёlning ilk tashrifidir. Oxirgi marta Zhanubiy Koreyadan 2019 yil 18 aprelь kuni davlat tashrifi bilan o‘sha vaqtdagi Prezident Mun Chzhe In O‘zbekistonga kelgan. O‘shanda ham u 16-18 aprelь kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprelь kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziёev esa oxirgi marta 2017 yil noyabrida Zhanubiy Koreyaga safar uyushtirgan. Ammo bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning sustligini anglatmaydi.
- Zhanubiy Koreya O‘zbekiston importidagi TOP: 10 davlatlar qatoriga kiradi.
- Statistika agentligining 2024 yilning yanvarь-aprelь oylari dastlabki maъlumotlariga ko‘ra Koreyadan 682 mln AQSh dollariga teng tovar maxsulotlari import qilingan va bu Xitoy, Rossiya, Qozog‘istondan keyingi to‘rtinchi yirik davlatdir.
- Shuningdek, Zhanubiy Koreya O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar reytinggida ham yuqori o‘rinda turadi. 2024 yilning yanvarь-aprelь oylarida Koreya bilan 695 mln AQSh dollariga teng tovar ayirboshlangan.
- 2024 yil 1 aprelь holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritaёtgan xorizhiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha ham Koreya 5 o‘rinda. Bugungi kunda mamlkatning zhami 727 ta korxonasi O‘zbekistonda faoliyat yuritib keladi.
Bundan tashqari O‘zbekistonga tizhorat maqsadida eng ko‘p tashrif buyuruvchi fuqarolar orasida ham koreyaliklar beshinchi o‘rinda turadi. - 2024 yilning uch oyi ichida 133 nafar koreyaliklar O‘zbekistonga savdo-sotiq uchun kelgan.
Eng muhimi Zhanubiy Koreya O‘zbekiston va Markaziy Osiё mamlakatlari uchun beminnat migrasiya maskanidir.
“Taxminan 40-50 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun Zhanubiy Koreyaga boradi. Lekin bu imkoniyatimiz uchun zhuda kam. Koreya ko‘p davlatlardan migrantlarni erkin qabul qiladi. Masalan Vьetnam va Hindiston Zhanubiy Koreyaning maxsulotlarini sotib olish evaziga migrantlarni ish bilan taъminlash shartini qo‘ygan. Agar biz ham shunday shart qo‘ya olsak, albatta, 100-200 minglab migrantlarni yana ishga zho‘natish imkoni tug‘iladi. Bu qanday siёsiy shart qo‘yishga bog‘liq”,
dedi ekspert Zokir Usmonov.