O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va izhtimoiy kengashiga 185 ovoz bilan a’zolikka saylandi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 2024 yilning 7 iyunida BMTning Nьyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMTga a’zo davlatlar 2025-2027 yillar uchun Iqtisodiy va izhtimoiy kengashi a’zoligiga saylov bo‘lib o‘tkazgan.
“Yashirin ovoz berish natizhalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi va o‘z tarixida birinchi marta Kengash a’zoligiga saylandi”,
deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mita a’zosi etib saylangan edi.