Qozog‘iston Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivozhlantirish maqsadida “Tolibon” harakatini terrorchilar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Zhomart To‘qaev Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) spikerlari bilan uchrashuvda maъlum qilgan.
“Qozog‘iston zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivozhlantirish muhimligi va bu rezhim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda Tolibon rezhimini terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi”,
deya uning matbuot xizmati Qozog‘iston rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Uning fikricha, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan birini Afg‘onistonni mintaqalararo aloqalarga zhalb etish, deb atash mumkin.
Bundan tashqari, To‘qaev Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiё va Afg‘onistonning barqaror rivozhlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarmoqchiligini xabar qilgan edik. Ammo AQSh Rossiyaning bu harakati yaxshilikka olib kelmasligini aytgan.