Endilikda poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi “Muqimiy”, Mirobod tumanidagi “Tolariq”, Sergeli tumanidagi Asrobod mahallalarida “Biznesni rivozhlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan mahalla kutubxonalari bor.
«Ilmdan boshqa nazhot yo‘q, bo‘lmagay ham» shiori ostida amalga oshirilaёtgan mazkur xayrli tashabbus bank tomonidan Toshkent shahri mahallalarida olib borilaёtgan o‘rganishlar va mahallabay ishlash chora-tadbirlarining mantiqiy davomidir.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2024-05-03-11-25-38-2-x48tin4n.jpg)
Kutubxonalarning ochilish marosimida ishtirok etgan mahallalar faollari «Biznesni rivozhlantirish banki»ning bu amaliy harakati mamlakatimizda kitobxonlikni ommalashtirish borasida olib borilaёtgan saъy-harakatlarga hamohang ekanligini taъkidlashdi. Alohida dizayn asosida zhihozlangan kutubxonalarning har birida 500dan kitob, 5 donadan zamonaviy kompьyuter zhamlanmalari mavzhud. Ulardagi elektron adabiёtlar bazasi 6629 tani tashkil etadi. Kutubxonalar uchun adabiёtlarni saralashda aholining turli ёshdagi vakillari qiziqishlari hisobga olingan. Xususan, o‘z biznesini tashkil etish istagida yurganlar uchun biznesni o‘rgatishga doir adabiёtlar ham taqdim qilindi.
Mahallalarda ochilgan kutubxonalar, ayniqsa, o‘quvchi ёshlarni quvontirdir. Ular endi uylaridan uzoq bo‘lmagan manzilda kitoblar va elektron adabiёtlardan bepul foydalanishlari mumkin. Quvonarlisi, «Biznesni rivozhlantirish banki»ning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Ёzuvchilar uyushmasi ham mahalla kutubxonalariga kitoblar taqdim etishdi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/720-bwwfcrnllfw4xezxoqpxke-u384yk3we.jpg)