Bugun, 23 may kuni O‘zbekistonning Filippinga tayinlangan yangi o‘rindosh elchisi Farhod Arziev Prezident Ferdinand Markosga ishonch ёrliqlarini topshirdi. Bu haqda Flippin Prezidenti portalida maъlum qilindi.
Shuningdek, Arzievdan tashqari Zhibuti, Sudan, Botsvana, Zhazoir, Estoniya kabi yana 7 nafar norezident elchilar ham o‘z ёrliklarni topshirgan.
“Sizni Filippindagi elchi sifatida qutlaymiz, ishonchim komilki, sizning prezidentingiz har ikki davlat manfaatdor bo‘lgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha zhuda muhim muzokaralarni boshlagan. Umid qilamanki, biz bu muhokamalarni davom ettira olamiz”,
degan Prezident Markos.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Mazhlis Senatining 2023 yilning 4 dekabrь kungi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Nuritdinovich Arziev o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasining Filippin Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlangan edi.