Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Prezident Shavkat Mirziёev taklifiga binoan bugun, 17 may kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov maъlum qildi.
Uni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/csrfjl17159400070916-b.jpg)
Qisqa suhbatdan so‘ng, Bosh vazir hamkasbi Abdulla Aripov hamrohligida tashrif dasturi bo‘yicha navbatdagi manzilga zho‘nab ketdi. Ular «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mazhmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi. Tashrifning oliy darazhadagi tadbirlari bugun, kunning ikkinchi yarmida «Ko‘ksaroy» qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/ipisxp17159399914784-b.jpg)
Maъlum bo‘lishicha, Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlar o‘rtasida tizimli siёsiy muloqotni rivozhlantirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovasiyalar, energetika, neftь-kimё, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘zhaligi va iqtisodiёtning boshqa sohalarida aniq kooperasiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qiladi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2024-05-17-15-40-14.jpg)
Shuningdek, Malayziya hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, madaniy-tarixiy va maъnaviy meros bilan tanishadi hamda qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Maъlumot uchun, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil va Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammadning 1993 yilgi rasmiy tashriflarida do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikning tamal toshi qo‘yilgan. 2003 yilda O‘zbekistonga Malayziya podshohi Tuanku Sayed Sirazhuddin Sayed Zhamalullayl tashrif buyurgan.
Shuningdek, 2005 yil oktyabrь oyida O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga, 2008 yil noyabrda Malayziya bosh vaziri Ahmad Badaviyning O‘zbekistonga davlat tashrifi amalga oshirilgan.
2022 yil 19 may kuni esa Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamaruddin Zhaffar bilan uchrashuv o‘tkazdi.