Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Zhaparov Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitasiya qilish zharaёni to‘liq yakunlanganini maъlum qildi. Bu haqda u bugun, 23 noyabrь kuni Qirg‘iziston parlamentida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan.
“Vazirlar Mahkamasi Raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Zhaparov Oliy Kengash mazhlisida davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish hamda xavfsizlikni taъminlash borasida amalga oshirilaёtgan ishlarga eъtibor qaratdi. U Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitasiya qilish zharaёni yakunlangani, qirg‘iz-tozhik davlat chegarasini aniqlashtirish ikki davlat o‘rtasidagi diplomatiya yo‘liga o‘tganini aytdi”,
– deya ёzgan Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib TASS.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston va Tozhikiston ikki davlat o‘rtasidagi chegara chizig‘ini aniqlashtirish masalasida muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish darazhasiga etgan.
Chunki hozirgacha Qirg‘iziston faqat Tozhikiston bilan chegaraning umumiy uchastkasini delimitasiya va demarkasiya qilish tartibini tugatgani yo‘q. Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bu zharaёn allaqachon yakunlanib bo‘lgan.
Maъlumot uchun, Qirg‘iz-Tozhikiston chegarasining umumiy uzunligi 900 km dan oshadi, bahsli hududlar mavzhudligi sababli tomonlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan nizolar, shu zhumladan qurol, ishlatish bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelgan. Ayni paytda chegara chizig‘ining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston Bosh vaziri parlamentdagi nutqida respublika xavfsizlik va huquq-tartibot idoralarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanaёtganini ham qo‘shimcha qilgan.
“Ikki yil davomida chegara xizmatiga 20 milliard so‘mdan ortiq (taxminan 224 million dollar) mablag‘ azhratildi, qurol-yarog‘, uchuvchisiz samolёtlar va og‘ir zirhli texnikalar xarid qilindi”, – dedi Zhaparov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Qirg‘iziston birinchi marta zenit-raketa tizimini qo‘lga kiritdi, hozirda mamlakatda “havo huzhumidan mudofaa”ni taъminlaydigan 10 ta vertolёt va 1 ta samolёt zhangovar shay holatda.
“Ichki ishlar vazirligi orqali har bir ichki ishlar bo‘limiga planshet va kuzov kameralari xarid qilindi. Hududlarga 143 ta texnika, zhumladan, avtomobillar zho‘natildi, zhamoat xavfsizligi uchun 20 ta “Uragan” mobil avtotizimlari olib kelindi.”,
– deya taъkidlagan u.