Avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi ko‘mirdan flydalanishning ko‘payishi havoning ifloslanishiga sabab bo‘laёtgani bois mamlakat ko‘mirdan voz kechishi kerakligini aytgan edi.
Zhoriy yilning 12 may kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegasiya Afg‘oniston muvaqqat hukumat Tashqi ishlar vaziri vazifasini bazharuvchi Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 million tonna ko‘mir sotib olishi masalasini muhokama qilgan va Kobulga texnik guruhni zho‘natmoqchi ekanini aytgan.
Maъlumot uchun, O‘zbekistonda 2023 yilning yanvarь-dekabrь oylarida yirik korxonalar tomonidan 6,1 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Mamlakat bu yil ko‘mir qazib chiqarishni 8 million tonnaga etkazish, shundan 900 ming tonnasini tadbirkorlar tomonidan olishni rezhalashtirmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda zhami 2 mlrd tonna ko‘mir zaxirasi mavzhud. Bu imkoniyat ishga solinib, ko‘mir qazib olish hazhmi izchil oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2016 yilda bu ko‘rsatkich yiliga 4 million tonnadan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilda 6 million 550 ming tonnaga etgan. 2025 yilda esa ko‘mir qazib olish hazhmi 10 mln tonnaga etkazmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekopartiya O‘zbekistonda ko‘mir ishlatilishiga qarshi chiqqan edi. Ekopartiya o‘shanda «…Yildan yilga ko‘mirdan foydalanish ko‘payaёtgani, mamlakatimiz zimmasiga olgan xalqaro mazhburiyatlar bazharilishiga to‘siq bo‘lishi shubhasiz” ekanini aytgan.