2024 yil Yaqin Sharq mintaqasidagi Isroil va Falastin, Eron va Isroil urushi bilan esda qoladigan bo‘ldi. Bir mintaqa davlatlari bir-biriga dushman bo‘lishi ortidan, unga tarafkash mamlakatlar xam ikki oqimga bo‘linmoqda. Xo‘sh, o‘zi bu mintaqada urush chiqarishdan ko‘proq kim manfaatdor?
Ushbu savolga Uzdiplomat.uz muxbiri siёsatchilar – Ravshan G‘oziev va Habibullaxon Azimovdan zhavob oldi.
Ularning fikriga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasidagi urushlardan ikki davlat manfaatdor – Amerika va Rossiya. Yaqin Sharq Osiё, Afrika, Evropa bilan chegaradosh va u erda har ikki davlat Amerika va Rossiyaning geosiёsiy, geoiqtisodiy, geostrategik manfaatlar bor. Mintaqada dunёning eng ko‘p energiya resurslari zhoylashgan. Birgina Iroqning o‘zi 145 mlrd. barrelь neftь zaxirasiga ega.
“O‘sha neftь deymizmi, gaz deymizmi, dunёning ko‘p energiya resurslari zhoylashgan. Bundan tashqari, Yaqin Sharq mintaqasi Osiё, Afrika, Evropa bilan tutashgan, kesishgan hisoblanadi. Energiya resurslariga boyligidan tashqari bu erlar muhim mintaqa bo‘lib, dunёda, zhahon siёsatida katta-katta davlatlarni doimo qiziqishini eъtiborini tortib kelgan. Shu bois ham kuchli davlatlar o‘zining pozisiyasini oshirish, mustahkamlash uchun har doim tashqi iqtisodiёtida turli xil vositalarni qo‘llaydi”, – dedi siёsatshunos Ravshan G‘oziev.
Siёsatshunos Azimovga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasida Amerikaning 3 manfaati bor.
“Geosiёsatchilarning fikricha, AQShning Yaqin Sharq mintaqasida 3 ta geosiёsiy manfaatlari bor. Bu birinchidan O‘rta Er dengizidagi harakatni nazorat qilish, tizhoriy bo‘lsin, harbiy bo‘lsin… Ikkinchisi Isroilning xavfsizlik masalasi va uchinchisi mintaqadagi uglevodorod zaxiralariga egalik qilish va neftni, gazni kimga qancha va qachon sotishi ustidan nazorat o‘rnatish AQShning mana shu mintaqadagi asosiy geosiёsiy manfaati hisoblanadi. Hozirgi Yaqin Sharq mintaqasida, ayniqsa Falastin Isroil muammosiga tarixan qaraydigan bo‘lsak, Shuni aytish mumkinki, avvalo Yaqin Sharq mintaqasi AQSh uchun haёtiy makon sifatida qaraladi.”,-dedi siёsatshunos Habibullaxon Azimov.
G‘oziev esa mintaqada Rossiyaning ham katta manfaatlari borligiga to‘xtalib Sovet davrida Iroq ittifoqchisi bo‘lganini eslatdi.
Shuningdek, mutaxassislar ikki mamlakatning Iroqqa qiziqish bildirishi u erda zhoylashgan katta neftь zaxiralari bilan bog‘liqligini aytib o‘tdi.
“AQShning u erdagi ittifoqchisi Isroil. Ko‘rfaz arab davlatlari bo‘lsa Rossiya tarafkashlaridir. U erda Sovet ittifoqi davridan Suriya arab Respublikasi, Iroq esa Saddam Husayn davrida uning yaqin ittifoqchilari bo‘lgan. Keyinchalik Suriyada ham Asad hokimiyatini saqlab qolishda “Arab bahori” dan keyin Rossiya asosiy rolь o‘ynagan. Bilamizki, 2003 yil Amerika intervensiyasigacha, Iroqda katta rolni aynan Rossiya o‘ynab kelgan. Iroq neftь zaxirasi bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. Bu esa haqiqatdan ham Iroqning katta energiya resursga ega ekanligini ko‘rsatadi. Amerika u erga kirish orqali o‘zining hokimiyatini mustahkamlamoqchi bo‘ldi va mustahkamladi ham”,- dedi G‘oziev.
Uning fikricha, Rossiya nafaqat Iroqda, balki Suriyada ham manfaatlari bor. Bunga qarshi kurashish uchun esa, Amerika xalq harakatidan foydalangan.
“Suriyada Asad rezhimi Hafiz Asad, undan keyin o‘g‘li Bashar Asad Rossiya tarafdori bo‘lgan edi. Amerika buni yo‘q qilish uchun xalq harakatidan foydalanib, turli terrorchi tashkilotlar orqali Suriyada hokimiyatni ag‘darishga urinish bo‘lgandi. Bevosita Rossiya aralashib, 2015 yildan, Suriyadagi hokimiyatini saqlab qoldi. Mana bu ikki davlatning kurashi Yaqin Sharqda mana shunday, omillar bilan ko‘zga ko‘rinadi”,– dedi u.
Isroil va Falastin urushi kechagina paydo bo‘lib qolmagan. Bu urush ikki davlatning tarixi bilan bog‘liq.
Siёsatshunosning fikriga ko‘ra, 1948 yil Isroil davlati tashkil etilganda, uni birinchi bo‘lib Amerika tan olgan. Yahudiylar o‘zining mafkurasi va g‘oyasi bo‘yicha harakat qilishdi.
“Diaspora sharoitida yashaёtgan yahudiylar uchun bir davlat tuzish bu eng to‘g‘ri yo‘l hisoblangan va ular Tavrotga ko‘ra harakatlangan.
Tavrotdagi o‘sha vaъda qilingan quduqlarga qaytish yahudiy millati uchun davlat qurish Sionizmning asosiy mafkurasi, g‘oyasi, bu Quddus markazida Isroil davlatini tashkil qilish”,- dedi siёsatshunos Habibullaxon Azimov.
Uning fikriga ko‘ra, 1948 yildan beri mintaqa xaritasiga qaraydigan bo‘lsak, Isroil hududlari kengayib ketishda davom etaёtgani va u erdagi falastinliklar aholi yashash punktlari doimiy ravishda qisqarib Isroil hududlariga o‘tib ketaёtgan ko‘rishimiz mumkinligini aytib o‘tdi.
Siёsatchining fikriga ko‘ra, XAMASning harbiy askarlari tomonidan, Isroilga raketa va zhangchilarning kirishi natizhasida Isroilning zhavob qaytarishi uchun huquqiy asos paydo bo‘lgan.
«Mascad»dek eng katta va kuchli maxfiy xizmat vakillari bu maъlumotga ega emasmidi, bu urush Netanyaxunning siёsiy imizhini yaxshilashga harakat qiladi, – deydi u.
“Isroildagi Likud partiyasi siёsiy obro‘yi ancha pastga tushib boraёtganini ko‘rishimiz mumkin. Menimcha bu urush, Netanyaxuning siёsiy imizhini yaxshilash uchunyaxshilashga harakat qiladi, deb baholash mumkin. Bu to‘la-to‘kis isbotini topmagan, lekin ko‘p ekspertlar fikricha mana shu ehtimol ham bo‘lishi mumkin. Masalaning boshqa tomoni ham bor. Xamasni uzoq vaqt huzhumga tayёrgarligi ham keng ko‘lamli kurash boshlaganiga bir turtki bo‘lishi ham mumkin. Aslida bu xato narsa edi”, – dedi Azimov.