Bugun 10 aprelь Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun. Bu yil XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi bo‘lgan adibimizning 130 yilligi nishonlanmoqda.
Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi. 1938 yilning 4 oktyabrida yozuvchi 9 oylik xo‘rliklardan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birgalikda otib tashlanadi.
2000 yilda erksevar azhdodlarimiz qatl qilingan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv bo‘yidagi maskanda Shahidlar xotirasi yodgorlik mazhmuasi qad rostlagan.
Shahidlar xotirasi xiyoboni bugun odamlar bilan to‘la. Lekin ularning aksariyati Qodiriyni xotirlash uchun emas, balki bayram bahona chiroyli go‘shada dam olgani kelishgan.
Xo‘sh ular, millat uchun zhon fido qilgan Qodiriyning tug‘ilgan kuni bugun, 10 aprelь ekanini bilishadimi, xiyobon tarixini-chi?
Uzdiplomat.uz muxbiri yuqoridagi savol bilan poytaxt aholisi va mehmonlarga yuzlandi.
Shahar aholisi va mehmonlari bergan zhavoblar esa insonni mahzun etadi. Ularning ko‘pchiligi, Qodiriyning tug‘ilgani emas, hatto uning asarlarini ham bilishmaydi. Afsuski, Qodiriy shaxsini tanimaydiganlar ham topildi.
““O‘tgan kunlar” she’ri yodimda”,- deya zhavob bergan so‘rovnoma ishtirokchilaridan biri.
20 ga yaqin inson ishtirok etgan ushbu so‘rovnomada faqatgina bir kishidan biz to‘liq zhavob oldik xolos.
“Bugun Abdulla Qodiriyning tug‘ilgan kuni, Mehrobdan chayon, O‘tgan kunlar romanlari muallifi”-dedi respondentlardan biri.
Hatto o‘zlari aylanib yurgan Shahidlar xotirasi maydoni bilan bog‘liq savolimiz ham ochiq qoldi.
Batafsil videoda ko‘ring.