Bexzod Musaev boshqarayotgan vazirlik, Shavkat Abdurazzoqov hokimligi ham ular qatorida bor.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi samarasiz kurashayotgan va zhamoatchilikka yopiq bo‘lgan 40 ga yaqin davlat organlar bor
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi –2023” ro‘yxatini va ularning korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorlik darazhasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 8 ta vazirlik, 3 ta agentlik , 3 hokimlik va yana qator davlat tashkilotlarining ochiqlik darazhasi qoniqarsiz, 2 ta vazirlik, 4 ta agentlik va 4 ta inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi esa etarli emas deb topildi.
Ham zhamoatchilikka yopiq bo‘lgan, ham korrupsiyaga qarshi kurasholmayotgan davlat organlari safida Kinomatografiya agentligi, Elektr-energiyasi, neft maxsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Andizhon viloyat hokimligi turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qishloq xo‘zhaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari ochiqlik indeksida 55 balldan past ball olib, “qizil” ro‘yxatga tushgan.
Shuningdek, Oliy sud, Sudyalar olish kengashi, Maktabgacha ta’lim agentligi, “Toshshahartransxizmat”, Transport nazorati inspeksiyasi, “Uzbekistan Airways” AZh, Mazhburiy izhro byurosi, “Yo‘lqurilish” AZh, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbektelekom”, Iqtisodiy zhinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “Poytaxtbank” AZh, “O‘zmaxsusmontazhqurilish” AK, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ham markur ro‘yxatdan zhoy olgan.
“Qizil” toifada baholanganlariga qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy zhazo chorasini qo‘llash yuzasidan taklif kiritish, ochiqlikni ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklarni o‘rganish, bartaraf etish hamda ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Oliy Mazhlis Senati mazhlislarida ushbu toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiqlik sohasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha rezhalashtirgan chora-tadbirlari yuzasidan axboroti eshitiladi”, – deyilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabarida.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, YOshlar ishlari agentligi, Qishloq xo‘zhaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Suv xo‘zhaligi obьektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Agrosanoat mazhmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ipakchilik va zhun sanoatini rivozhlantirish qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi kabi davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samarasi ham 55 balldan past baholanib, “qizil” toifaga kiritilgan.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmaganligi, zhumladan faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmaganligi, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar zharayonida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va aniqlash bilan bog‘liq choralar amalga oshirilmaganligi, korrupsiya haqida xabar berish bo‘yicha aloqa kanallarining yo‘lga qo‘yilmaganligi, ushbu yo‘nalishdagi huzhzhatlar izhro etilmaganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini zhoriy etishga etarlicha e’tibor qaratilmaganligi tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga sabab bo‘ldi”, – deya yozgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.