O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Zhanubiy Koreyada noqonuniy (nolegal) bo‘lib turgan vatandoshlarni 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishga chaqirdi.
Agentlikka ko‘ra, noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportasiya qilinmaydi va kelgusida Koreyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ya’ni hozirda Zhanubiy Koreyada noqonuniy (nolegal) bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar uchun 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketish imkoniyati yaratilgan. Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigrasiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.
Shundan so‘ng Immigrasiya xizmati maxsus tasdiqnoma beradi va shu orqali vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkun bo‘ladi.
Avvalroq, Zhanubiy Koreya 100 ming nafar o‘zbekistonlik uchun ish taklif qilgani haiqda xabar berilgandi.