Belarus prezidentiga ko‘ra, hozir uning lavozimidan ketishi xiёnat bilan barobar…
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini maъlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Ularga (muxolifat) ayting, men boraman. Vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lsa, ular zhamiyatimizni qanchalik faol qo‘zg‘atishsa, sizni, meni va zhamiyatni qanchalik zo‘rlashtirsa, men bu saylovlarga shunchalik tez boraman«, — degan Belarus rahbari zhurnalistlar bilan suhbatda.
Lukashenkoga ko‘ra, hozir shunday bir vaziyatki, uning lavozimidan ketishi xiёnat bilan barobar bo‘ladi. Shuning bilan u bu qarori ko‘pchilikka ёqmasligini tan olgan, chunki u o‘zi qabul qilgan kelishuv va qarorlarning bazharilishini qatъiy talab qiladi.
«Agar ular amalga oshirilmasa, hokimiyatning butun tuzilmasi buziladi va zhamiyat g‘arq bo‘ladi. Ha, men buni tushunaman», — deya taъkidlagan Aleksandr Lukashenko.
Shuningdek, Belarus nashrlari Lukashenkoning mamlakatdagi saylovlar haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Belarus prezidenti deputatlar saylovida ovoz berishda ishtirok etar ekan, dunёning hech bir davlatida Belarusdagidek ochiq va adolatli saylovlar yo‘qligini aytgan.
«Dunёning hech bir zhoyida Belarusdagidek ochiq, adolatli, prinsipial saylovlar o‘tkazilmagan. Bu — biz uchun bayram. Har doim shunday bo‘lgan. Biz samimiy, halol siёsat va aynan shunday saylovlar olib boryapmiz», — degan 30 yildan buёn hokimiyat tepasida o‘tirgan va ettinchi marta saylanishga hozirlik ko‘raёtgan Lukashenko.