«Men Turkiyada muhozhir bo‘lib, og‘ir ishlarda mehnat qilayotgan o‘zbeklarga hurmat bilan salom aytmoqchiman. Bu erda o‘z tillarida gapirganda ularni hech kim tushunmaydi. Ularga ham begonalardek muomala qilishadi va qattiq haqoratlarga, kamsitishlarga duchor bo‘lishadi. Ya’ni Turkiyada turkiylar uchun ham tinchlik yo‘q» – Burzhug‘ul Chubuk.
Zhoriy yilning 21 fevralь – Zhahon ona tili kunida Turkiya Buyuk Millat Mazhlisi Bosh Assambleyasida «Zhumhuriyat xalq partiyasi» vakili Turkan Elchi kurdcha, Tahsin Ocakli esa lazcha nutq so‘zladi. Ammo DEM partiyasining Izmir deputati Burzhug‘ul Chubuk ham turkiy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tilida gapirgani uchun senzuraga uchragan.
Chubuk nutqini “Bizni ekranlarda kuzatib turgan qadrli insonlarga hurmatimni bildiraman” deb boshlagan ham ediki, Zhalol Adanning “o‘chir” degan ko‘rsatmasi bilan uning mikrofoni o‘chirib qo‘yildi.
Shunday bo‘lsa-da Burzhug‘ul Chubuk minbarni tark etmadi va mikrofonni qaytadan yoqtirib, so‘zini shunday davom ettirdi:
“Hurmatli mazhlis a’zolari… Tushunmadingiz… Turkchani ham tushunmaysiz. Keyin ona tilimiz turkcha, turkcha gapir, ko‘p gapir deysiz. Shunday ta’lim tizimi bilan siz turk tilidagi shevalarda gaplashuvchi odamlar hatto bir-birini tushunmaydigan hayotni tashkil qildingiz. Siz bundan faxrlanasiz. Shu munosabat bilan men Turkiyada muhozhir bo‘lib, og‘ir ishlarda mehnat qilayotgan o‘zbeklarga hurmat bilan salom aytmoqchiman. Bu erda o‘z tillarida gapirganda ularni hech kim tushunmaydi. Ularga ham begonalardek muomala qilishadi va qattiq haqoratlarga, kamsitishlarga duchor bo‘lishadi. Ya’ni Turkiyada turkiylar uchun ham tinchlik yo‘q” – degan u.
Shundan so‘ng DEM partiyasi a’zosi Chubuk izhtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘sha lahzalar aks etgan videoni quyidagi yozuv bilan bo‘lishdi:
“Zhahon ona tili kunida deputatlarning o‘z ona tilida gapirgan mikrofonlari o‘chirildi. MHP rais o‘rinbosari xuddi to‘ntaruvchiga o‘xshab “Turkcha gapir” deb aytdi. Biz ham hayron bo‘ldik.
Biz gaplashadigan turkiy tilni u rostdan ham tushunadimi o‘zi? Turkiy tillarning shevalaridan biri bo‘lgan o‘zbekchani tushunmadilar, shuning uchun mikrofonni o‘chirib qo‘yishdi”.