“Maъnaviyat ekspertiza”si bu nima? U OAV va izhtimoiy tarmoqlar uchun senzura o‘rnatilishiga asos bo‘lmaydimi?
Uzdiplomat muxbiri Respublika Maъnaviyat va maъrifat markazi rahbari Otabek Hasanovdan zhavob oldi.
Markaz rahbarining fikricha, bu ekspertiza hech qanday cheklov ёki senzura emas, balki fuqarolarning talabi. Maъlum bo‘lishicha fuqarolar markaz boti orqali ёshlarni maъnaviyatsiz seriallardan himoya qilishni so‘ragan. Otabek Hasanovning aytishicha, saviyasiz va maъnaviyatimizga zid seriallar ko‘payib ketmoqda. Endilikda maъnaviyat ekspertlari zhamoasi tuziladi. Unga mutaxassislar bilan bir qatorda zhurnalist va blogerlar ham kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu maъnaviyat ekspertizasi birinchi bosqich bo‘lib u yana chuqurlashib davom ettiriladi.
«Serial ishlab chiqaruvchilarga maъnaviyat markazi g‘oya va ssenariy berishga ham tayёr», dedi Hasanov.
Shunday ekan, nima uchun markaz sifatli kontentlarni qo‘llab-quvvatlash orqali sifatsiz mahsulotlarga qarshi kurashmaydi?
Mazkur savolga Otabek Hasanov zhavob berar ekan «loyihalar bo‘ladi, bizga ko‘plab murozhaat bo‘lgani uchun saviyasiz seriallarni ekspertizadan o‘tkazib tavsiya beramiz», dedi. Uning aytishicha markaz bironta mediakontentni faoliyatini to‘xtatmaydi, bunga ularda vakolat yo‘q.
Nima uchun Rossiya telekanallari va tashqi dezinformasiyaga qarshi kurash bilan shug‘ullanmaysizlar, degan savolga markaz raisi bu borada murozhaatlar bo‘lmaganini bahona qildi. Yaъni Otabek Hasanovga ko‘ra Rossiya propagandasini to‘sishni so‘rab, maъnaviyat va maъrifat markaziga hech kim murozhaat qilmagan.