Nega hanuzgacha Toshkentda isitish mavsumi boshlanmayapti?
Bugun Toshkentdagi qozonxonalarga bo‘lib o‘taёtgan press-tur davomida zhurnalistlar ushbu savol bilan mutasaddilarga yuzlandi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AZh masъuli qozonxonalar kuzgi-qishki mavsumga tayёrligini, lekin ularni ishga tushirish zhamiyatga bog‘liq emasligini qayd etdi.
«Toshkent issiqlik markazi» Bosh muhandisi, ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Doniёr Tillaxo‘zhaevning maъlumot berishicha, poytaxtda 15 ta qozon qurilmalari mukammal, 60 ta qozon qurilmalarida zhoriy taъmirlash, 239 ta nasos agregatlarida mukammal va zhoriy, 420 ming metr bo‘lgan ichki quvurlar va ёrdamchi uskunalarning issiqlik saqlash qoplamalarida mukammal taъmirlash ishlari amalga oshirilgan.
Issiqlik taъminotiga start berilishi kimga bog‘liq?
Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-sonli «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu buyruqni Toshkent shahar hokimi berishi kerak.
Hokimlik esa 28 oktyabrda eъlon qilgan tushuntirishida bu sanani aniq aytgani yo‘q va «Sovuq kunlar mavsumida xonadoningiz issiq va qulay muhitda bo‘lishi qanchalik muhim ekanligini tushunamiz», deb poytaxt aholisiga hamfikrligini bildirdi
Hokimlikni eslatib o‘tishicha, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darazhadan past bo‘lgan paytdan boshlanadi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi maъlumotlariga asosan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan isitish taъminoti ёqiladi.
Markaziy Osiё davlatlarida issiqlik taъminoti ёqildimi?
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darazhadan past bo‘lgan paytdan boshlanishi kerakligi haqidagi qoida sovet davridan qolgan bo‘lib, unga hamma Markaziy Osiё davlatlari ham amal qilavermaydi. O‘zimizda ham Ortiqxo‘zhaev hokimligi vaqtida 2021 yili 14 oktyabrdan, 2022 yili 24 oktyabrdan taъminot boshlangandi. O‘tgan yili ancha kechikdi va 6 noyabrdan isitish davri boshlangan. Bu yil ham havo harorati past bo‘lishiga qaramay Shavkat Umrzoqov meteorologlardan rasmiy xat kutib o‘tiribdi.
Maъlumot uchun, Qozog‘istonda issiqlik taъminoti 24 sentyabrda boshlangan bo‘lib, hududning haroratiga qarab navbatma-navbat oktyabrь yarmigacha barcha hududlar taъminlandi. Toshkentniki bilan deyarli bir xil bo‘lgan Chimkentda issiqlik taъminoti uzatilishi 21 oktyabrdan boshlangan.
Qirg‘iziston poytaxtida esa 22 oktyabrdan isitish mavsumi boshlandi.
15-20 darazha iliq bo‘lgan Tozhikiston poytaxtida ham issiqlik mavsumi boshlangani haqida maъlum qilingan.