“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat izhtimoiy-iqtisodiy siёsatining hamda barcha darazhadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darazhali vazifasi etib belgilandi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturni amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag‘al oilalar uchun ettita imkoniyat va masъuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
- taъlim olish va kasb-hunar o‘rganish;
- kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
- izhtimoiy xizmatlardan foydalanish;
- yashash sharoitlarini yaxshilash;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivozhlantirish;
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish.
P/S: Yaqinda Uzdiplomat nashri kambag‘allikning farmonda ko‘rsatilgan xuddi shu belgilari bilan yashaёtgan oila haqida lavha tayёrlagan edi. Ammo Mahalla uyushmasi vakillari bu oilani kambag‘al emas, deb iddao qilib chiqqandi.
O‘ylaymizki, bu farmon zhamiyatning bu qatlamini og‘ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqib keta oladi. Agarda zhoylarda mutasaddilar belgilangan vazifalarni vizhdonan bazharsagina.