Baxtiёr Fozilov Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi aktivlarini maъlum qismini Air Products kompaniyasiga 140 mln AQSh dollariga sotdi.
«Farg‘ona NQIZ» MChZh zavodi ishlab chiqarish aktivlarini bir qismini 140 million AQSh dollariga Air Products kompaniyasi sotib olgan. Bu haqida Gazworld sayti xabar bermoqda.
Farg‘ona neftni qayta ishlab chiqaruvchi zavodi (NQIZ) 2020 yilda “Saneg” boshqaruviga kiritilgan bo‘lib, unga Bahtiёr Fozilov egalik qiladi. Zavodning saytida keltirilishicha zavod 2020 yil “Saneg” tarkibiga kiritilgandan buёn modernizasiya qilinmagan. Endilikda, dunёning etakchi vodorod ishlab chiqaruvchi “Air Products” kompaniyasi zavodni modernizasiya qiladi va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu loyixa O‘zbekistonning sanoat bozorlarida vodoroddan tizhorat maqsadlarida kengroq foydalanish uchun imkoniyat eshiklarini ochadi.
Saneg asoschisi Baxtiёr Fozilovning aytishicha:»Air Products bilan kelishuv vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha zhahon etakchisi bilan birgalikda Farg‘ona NQIZni modernizasiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli rezhalarimizni amalga oshirishning yana bir bosqichini yakunlaganini anglatadi. Saneg Air Products bilan mustahkam munosabatlarga ega, uning yuqori texnologiyalarga sodiqligi va tazhribasi O‘zbekiston neftь-gaz sektori salohiyatidan maksimal darazhada foydalanishimiz va shu bilan birga mamlakatning iqtisodiy rivozhlanishiga hissa qo‘shishimiz uchun zamin yaratadi. Kelishuv doirasida birgalikdagi ishlarimiz O‘zbekiston hukumatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri – ichki vodorod etkazib berishni ko‘paytirish orqali davlatning energetika xavfsizligini mustahkamlashga erishishda muhim omil rolini o‘taydi».
» Air Products dunёning eng yirik vodorod etkazib beruvchisi hamda vodorod ёqilg‘isi infratuzilmasi bo‘yicha etakchi bo‘lib, butun dunё bo‘ylab vodorod qurilmalari uchun xavfsiz va ishonchli echimlarni taklif qiladi. Vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarimiz va tazhribamiz Farg‘ona zavodi imkoniyatlarini kengaytiradi, Markaziy Osiёda neftь-gaz sohasining rivozhini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonga yanada yuqori barqarorlik darazhasiga hamda energiya mustaqilligiga erishishga ёrdam beradi. Shu bilan birga Respublikaning ekologiya borasidagi kelazhagiga hissa qo‘shadi», – dedi Air Products boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasemi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oyida Air Products kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AZh bilan Qashqadarё viloyatidagi tabiiy gaz va sintez-gazni qayta ishlab chiqaruvchi zavodga egalik qilish va boshqarishni ko‘zlovchi 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investisiya shartnomasini imzolagan edi.
Gas World Business Intelligence maъlumotiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston sanoat gazi bozori 53,6 mln AQSh dollari miqdorida daromad qilgan.