Rossiya ularga qo‘shilmoqchi.
Markaziy Osiёning uch davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston “Qambarota-1 GES”ini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Huzhzhat Vena shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro energetika investisiya forumida o‘zaro tasdiqlangan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Qayd etilishicha, GES qurilishi taxminan 4,5 milliard dollarga tushadi.
Norin darёsidagi 1860 MVt quvvatga ega ushbu GES Markaziy Osiёdagi eng yiriklaridan biri bo‘lib, respublikani elektr energiyasini sotib o‘luvchi davlatdan uni eksport qiluvchi davlatga aylantirishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining ёzishicha, shu kunning o‘zida “Qambarota-1 GES” qurilishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita ham tashkil etilgan. Uning aъzolari orasida esa Zhahon banki va Osiё taraqqiёt banki bor.
Qo‘mitani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ham Vena xalqaro investisiya forumida qabul qilingan. Tadbir davomida O‘zbekiston hukumati Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambarota-1 GES” loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan.
“2023 yilning kuzida Bishkek GES qurilishiga tayёrgarlik ko‘rish uchun taxminan 7 million dollar yuborishi maъlum bo‘ldi. Tashabbusga Rossiya hukumati va OTB qiziqish bildirgan»,
deyilgan xabarda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi elektr energetika Kengashi izhroiya qo‘mitasi raisi Taras Kupchikovning fikricha, “Qambarota-1 GES” va AES mintaqadagi energiya tanqisligini bartaraf etadi.
“Maъlumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiё mamlakatlari anъanaviy va yashil energiyaga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritishi kerak”,
deya ёzilgan hukumat portalida.
Eslatib o‘tamiz, Karimov qarshi bo‘lgan “Qambarota GES-1” qurilaёtgani haqida umumiy-tahliliy video eъlon qilgan edi.