O‘zbekiston raqamli iqtisodiёt va axborot texnologiyalarini rivozhlantirish uchun Zhahon bankidan yana 50 million dollar miqdorida qarz oladi. Bu haqda bankning mamlakatdagi vakolatxonasi maъlum qildi.
Unga ko‘ra, kecha, 30 noyabr kuni Zhahon banki izhrochi direktorlari kengashi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun imtiёzli kredit azhratishni maъqullagan.
Ushbu loyiha asosan, O‘zbekistonning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 ёshgacha bo‘lgan ёshlarni soha yuzasidan o‘qitishni maqsad qilgan.
“Zhahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanaёtgan yangi loyiha O‘zbekistonga ITES xizmatlari sohasidan iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorizhiy investisiyalarni zhalb qilish maqsadlarida foydalanishga ёrdam beradi. Mamlakatning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 ёshgacha bo‘lgan minglab ёshlarni o‘qitish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha doirasida ushbu tayёrlov kurslaridan o‘tgan shaxslarni ishga oladigan ITES kompaniyalari uchun turli xil rag‘batlar taqdim etiladi”, – deya taъkidlagan Zhahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Prognozlarga ko‘ra, 2029 yilda loyiha yakuniga kelib, ITES xizmatlari sohasida O‘zbekistonda 25 ming kishi ish bilan taъminlanishi va 15 ming kishi turdosh sohalarda ish topish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Kelgusida butun mamlakat bo‘ylab zamonaviy ofis maydonlarini taklif qiluvchi 11 tagacha hududiy ITES markazlari ishga tushiriladi.
Loyiha chora-tadbirlari natizhasida 240 ga yaqin yangi ITES kompaniyalari IT-Park rezidentlariga aylanadi va O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, zhoriy o‘n yillik oxiriga qadar mamlakatni Markaziy Osiё IT-xabiga aylantirish, IT eksportining yillik hazhmini 5 milliard dollarga etkazish, O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun 1000 ta xorizhiy IT-kompaniyalarni zhalb etish va IT sohasida 300 000 nafar ёshlarni ish bilan taъminlash maqsad qilingani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zhahon banki O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish uchun 46 mln AQSh dollari grant azhratgandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston 2022 yilda ham milliy statistika tizimini modernizasiya qilish bo‘yicha besh yillik loyihani amalga oshirish uchun Zhahon bankidan 50 mln AQSh dollari, 2021 yilda milliy innovasion tizimini modernizasiya qilish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun ham xuddi shuncha – 50 mln AQSh dollari, 2020 yilda esa «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘zhaligini modernizasiya qilish» loyihasini amalga oshirish uchun Zhahon bankidan 30 yil muddatga naqd 500 mln dollar, 2019 yilda esa izhtimoiy himoya tizimini mustahkamlash uchun ham 50 mln dollar miqdorida qarz olgan edi.