Milliarder Alisher Usmonov Rossiyadan uzoqlashish uchun harakat qilmoqda. Bu haqda Figaro nashri ёzmoqda.
Ismini ochiqlamagan holda nashrga intervьyu bergan Usmonovning xodimi milliarder Evropa Ittifoqining unga nisbatan qo‘ygan sanksiyalarini adolatsiz deb hisoblaydi. Ammo uning aytishicha, Usmonovning Rossiyadan uzoqlashishiga sanksiyalarning aloqasi yo‘q.
“Iltimos, har qanday holatda ham Alisher Usmonovni “rus oligarxi” demang. O‘tgan yildan beri Forbes qiymati 13,5 milliard evro bo‘lgan metallar va telekommunikasiya magnatini o‘z vatani O‘zbekistonda yashaydigan nafaqaxo‘r sifatida ko‘rsatdi. Tasavvur qiling, uning biznesdan va Rossiyadan asta-sekin chekinishining sanksiyalarga hech qanday aloqasi yo‘q. Usmonov 2006 yilda nafaqaga chiqa boshlagan va u 2017 yildan beri muntazam ravishda vataniga kelib turadi”,
degan Toshkentga ko‘rsatma olish uchun maxsus kelgan, lekin o‘z ismini aytishni istamagan vakil.
Ammo nashrning ёzishicha, shunga qaramay Alisher Usmonovni O‘zbekiston poytaxtini tanlashga EI sanksiyalari mazhbur qilgan bo‘lishi mumkin. Chunki u hali ham Evropa eъtirozlarini o‘z ixtiёri bilan to‘xtata olmaydi. Shu bilan birga, milliarder hech qachon Rossiyaning Ukrainada 2022 yil fevralь oyida boshlangan «maxsus operasiyasi»ni qoralamagan.
“Hech qachon Kreml bilan aloqasi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u zhuda dindor va endi o‘zini faqat oilasi va xayriya ishlariga bag‘ishlayapti. Masalan, u xayriya ishlariga taxminan 6 milliard evrodan ortiq mablag‘ sarflagan”,
deb aytgan Usmonovning vakili.
Avgust oyi oxirida Gamburg sudi Avstriyaning Kurier gazetasida 70 ёshli Usmonovga nisbatan “Putinning sevimli oligarxi” iborasini ishlatishga asos yo‘q, degan qarorga kelib, uning foydasiga qaror chiqargan edi. Bu Evropa Ittifoqining 2022 yil 28 fevraldagi sanksiyalarni oqlaydigan matnida ёzilgan bo‘lishiga qaramay Alisher Usmonov zhazo choralari yuzasidan sudda eъtiroz bildirgan.
“U buni pul uchun emas, balki adolat uchun qildi. Uning fikricha, “Putinning sevimli oligarxi” degan noto‘g‘ri, haqoratli taъrif tufayli taъqiblar nishoniga aylangani adolatsizlikdir”,
deya taъkidlagan uning xodimlari Figaro’ga.
Biroq, nashr so‘nggi yigirma yil ichida “butun Moskva” Usmonov haqiqatan ham Kreml bilan chambarchas bog‘liq biznesmen ekanligi haqida gapirib kelaёtganini eslatgan.
“Usmonov siёsatga hech qachon aralashmagan oddiy tadbirkor. U hamma narsaga o‘zi erishdi va 1996 yildan keyin (Rossiya oligarxiyasi tashkil etilgan paytda) xususiylashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi. U ham mustaqil bo‘lib qolaёtgan “Kommersant” gazetasining egasi bo‘ldi”,
deya Usmonovni oqlashda davom etgan uning vakili.
Ammo u Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha “Gazprom Investment Holding”ni boshqarganini va bu “Gazprom” deb nomlangan davlat gaz gigantining sho‘ъba korxonasi ekani, shuningdek, va Putin shaxsan uning rahbarlarini tayinlashgacha bo‘lgan barcha strategiyasini boshqarishini aytmagan.
“Usmonovning atrofidagilar bu tadbirkorning muvaffaqiyatlarini uning iqtidori bilan tushuntirishni afzal ko‘rishadi. Oxirgi SSSR davrida tanqis bo‘lgan polietilen paketlar ishlab chiqarishdan tortib, metallurgiyaga sarmoya kiritishgacha uning Metalloinvest kompaniyasi Rossiyada toza texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kashshof bo‘lib qoldi va keyin o‘z sarmoyalarini ilg‘or axborot texnologiyalari va telekommunikasiya sohasiga o‘tkazdi. 2009 yilda u hatto Amerika izhtimoiy tarmoqlariga 200 million dollar sarmoya kiritdi va sheriklari bilan birgalikda taxminan 200 million dollarni nazorat qildi”,
deb ёzgan Figaro.