O‘zbekistonda zhurnalistlarga yaxshi haq to‘lanadimi? Uzdiplomat.uz ayni savol bilan soha vakillari orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma zhavoblari turlicha. Zhurnalistlar orasida KIA zhip egalari hamda 100 AQSh dollaridan kam maosh olayotganlar ham bor.
Xususan, “Yoshlar” telekanalida faoliyat yurituvchi Hamza Zhumaev zhurnalistlar yaxshi daromad topolmayotganini bildirdi.
“Zhurnalistlarga kam oylik to‘lanyapti. Men 1 oy davomida ishlab 800 ming oylik olayotganlarni ham eshitdim”,
deydi u.
Ammo, teleboshlovchi Muhabbat Hamroeva o‘zining yaxshi daromad topishini bildirdi.
“Masalan, men Kia Zhip avtomashinalarida yuraman. Yaxshi oylik olaman”,
deydi Hamroeva.
«Migrant.uz» sayti muxbiri Ilyos Safarov, zhurnalistlarga maosh to‘lash ular ishlaydigan nashrga bog‘liqligi haqida gapirdi.
“Buni gapirishdan oldin, zhurnalistikadagi bozor munosabatlari qanchalik rivozhlanganligiga qarash kerak. Tahririyatlar va nashrlarning daromad topishi faqat reklamaga bog‘liq”,
deydi Safarov.
Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatovaning fikricha O‘zbekistonda zhurnalistlarning daromadi kam.
“Hozir bilasiz, davlat xizmatchisiman, ammo shu soha bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtimda zhurnalistlarga kam oylik berilardi”,
deydi u.
“Milliy tv” boshlovchisi Manizha Bahrieva, kim ko‘p ish qilsa, yaxshi daromad topishi mumkinligiga ishonmoqda.
“Kim ko‘p ishlasa, yaxshi oylik oladi, masalan, men yaxshi oylik olaman”,
deydi Bahrieva.
Zhavoblarga ko‘ra, “shoumen”lar ya’ni TV teleboshlovchilarining maoshi yuqori, muammolarni yorituvchilarning aksari esa muammoda.