Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar sabab bir yilda O‘zbekiston aholisining 300 million dollardan 1 milliard dollargacha mablag‘i xorizhga chiqib ketmoqda.
Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anzhumani davomida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshlig‘i Nodirzhon Zho‘raev ma’lum qildi.
“Ammo bu aniq hisob-kitob emas, taxmin. Prezidentning 381-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan plastik kartalardan qimor uchun pul to‘lash taqiqlangan. Ya’ni viza va masterkard tizimlarida har bir to‘lovning maxsus kodlari bor. Agar fuqaro qimor uchun pul to‘lamoqchi bo‘lsa, bu haqda xabar beriladi. Bizga yana shunday vakolat berilganki, agar onlayn qimor tashkillashtirilsa, ular biz tomonimizdan bloklanadi”,
dedi Zho‘raev.
Uning aytishicha, afsuski, hozirda O‘zbekistonda 300 tadan ortiq shunday saytlar faoliyat yuritmoqda.
Biz ularni bloklagan taqdirda ham ertaga yana paydo bo‘lib qolaveradi», dedi u.