16 aprelь kuni tunda niqobli bir gurux shaxslar davlat raqami belgisi yo‘q ekskovatorda Yunusobod tumani 8-mavze 260-maktab oldidagi daraxtlarni nobud qilishga uringan.
O‘sha kunning o‘zida IIB ushbu huquqbuzarlarni qidiruvga berdi. Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur xabar asosida tekshirish o‘tkazilgani va daraxtni kesishga uringan niqoblilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Hozirda huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli prosessual chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Nazorat tadbiri davomida daraxtlarni nobud qilgan shaxslar va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rezhalashtirgan xo‘zhalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi
, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Xo‘sh, o‘sha hududda qaysi korxona qurilish ishlarini amalga oshirgan? Mashhur tadbirkor Murod Nazarovga tegishli korxonalar: “Murod Buildings” hamda “Innovative sifat story” MChZh.
Gap shundaki, 2018 yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-daxasida zhoylashgan 17, 18, 19 va 20-sonli ko‘p qavatli uylarda yashovchi bir guruh aholi o‘z uylari orasida «Murad Buildings» kompaniyasi tomonidan 1,23 ga er maydonida ko‘p qavatli turar-zhoy qurilishi boshlanishi bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga murozhaat qilishadi.
Holat hokimlik tomonidan o‘rganib chiqilib, quyidagicha munosabat bildiriladi.
Murod Nazarov ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng, qurilish ishlarini to‘xtatdi va shu hududda yashovchi aholi ehtiyozhi uchun zarur bo‘lgan binoni o‘z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi.
Murod Nazarov o‘zining harakati bilan haqiqiy tadbirkor qanday bo‘lishi kerakligini va tom ma’noda mardlik namunasini ko‘rsatdi.
, deyilgan hokimlik xabarida.
Ammo Toshkent shahar hokimi “haqiqiy tadbirkor”, “mardlik namunasi” deya ta’riflagan Murod Nazarov gapida turmadi.
2023 yil bahorida “Franchising Invest” MChZh ushbu qurilishni yana boshlaydi. va uning bu urinishi aholining keskin noroziligiga sabab bo‘ladi.
Aholining keskin e’tiroziga qaramay, hatto “sportchi yigitlarni zhalb qilib, aholini qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, ayollarga qo‘l ko‘tarishgacha borishgan”.
Ushbu vaziyatga yirik OAV va mashhur blogerlar e’tibor qaratgach, Toshkent shahar hokimligining tomonidan 2023 yilning 20 may kuni quyidagi rasmiy munosabat e’lon qilindi:
Xo‘p, «FRANCHISING INVEST» ning Murod Nazarovga nima dahli bor dersiz.
“FRANCHISING INVEST” MChZh 2019 yildayoq tugatilgan va “MURAD BUILDINGS” MChZhga qo‘shilgan. Ya’ni “MURAD BUILDINGS” “FRANCHISING INVEST” MChZhning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimining Korxona tugatilmasidan bir yil avval, ya’ni 2018 yil 5 fevraldagi 187-sonli qarori bilan «FRANCHISING INVEST» MChZhga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oralig‘idagi 1,23 gektardan iborat er maydoni mavzhud avtoturargohni o‘z hisobidan buzish va o‘rnatilgan tartibda etkazilgan zararlarni qoplash hamda aholining roziligini olish sharti bilan ko‘p qavatli bino qurish uchun azhratib berilgan.
Azhratilgan er maydoni zhami 1,23 gektarni bo‘lsa, keyinchalik unda qurilishi tugallanmagan bino maydoni 1242,0 kv.m. ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
«FRANCHISING INVEST» MChZh tugatilib, “MURAD BUILDINGS” MChZhga ыshshilgach, 2021 yil 26 oktyabrda aynan mana shu qurilishi tugallamagan imoratga nisbatan “MURAD BUILDINGS” MChZh hamda “INNOVATIVE SIFAT STROY” MChZh o‘rtasida o‘zaro oldi-sotdi shartnomasiga tuzilgan.
Ammo “INNOVATIVE SIFAT STROY” MChZhning 50 foiz ulushi ham Nazarov Murodzhon Taxirdzhanovichga, ya’ni “MURAD BUILDINGS” asoschisiga tegishli. Bundan kelib chiqadiki, 60 % qismi qurib bitkazilgan binoni o‘zining korxonasidan o‘zi sotib oladi.
Toshkent shahar Qurilish va uy-zhoy kommunal xo‘zhaligi bosh boshqarmasi tomonidan ham qurilishni aholining roziligisiz boshlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi huzhzhatlari bekor qilinishi xususida rasman ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qariyb bir yil o‘tib qurilish qurilish ishlari yana boshlangan.
Aholi vakillari esa Toshkent shahar hokimining 2018 yil 5 fevraldagi 187-sonli mazkur qarorini haqiqiy emas deb topishni, Murod Nazarovga tegishli korxonalar uylari oldida qurilish qilmasligini so‘rab, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murozhaat qilgan.
Keltirilgan sabablar qatorida esa azhratilgan hududda daraxtlar borligi va u aholi tomonidan parvarishlanib kelinayotgani ham bor.
Shuningdek, ko‘p qavatli uy qurish uchun o‘rab olingan hududning loyiha huzhzhatlari yo‘qligi ham aytilgan.
Ayni shu sabab bilan sud mazhlisiga mutaxassis sifatida zhalb qilingan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va zhamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi vakili S.Volьskova, hozirda nizoli xududda loyiha huzhzhatlari mavzhud bo‘lmaganligi bois, xulosa berish imkoniyati mavzhud emasligini ma’lum qilgan.
Ammo mutaxassis sifatida zhalb qilingan boshqa davlat tashkilotlari – Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChZh, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AZh hududda qurilishga mone’lik qiluvchi sabablar yo‘qliginini bildirgan.
Shu boisdan va bu vaqtda Toshkent shahar hokimiyatining er azhratish vakolati mavzhud bo‘lganligini, suddan aniqlangan ba’zi qonunbuzilish holatlari er azhratish haqidagi qarorni haqiqiy emasligini keltirib chiqarmasligidan kelib chiqib, arizachilarning zhavobgar Toshkent shahar hokimiyatiga nisbatan Toshkent shahar hokimining 2018 yil 5 fevraldagi 187-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasini qanoatlantirish – rad etilgan va ish Toshkent shahar hokimligi va Murod Nazarovning “INNOVATIVE SIFAT STROY” korxonasi foydasiga hal bo‘lgan.
Arizalari apellasiya instansiyasi qarori, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2024 yil 4 mart kungi hal qiluv qarorida ham qanoatlantirilmasdan qoldirilgan va har safar o‘z uylari oldida boshqa ko‘p qavatli uy emas, bolalar maydonchalari, mahalla guzari qad rostlashini xohlaydigan aholi vakillari emas, qachonlardir bu erda qurilish bo‘lmasligini va’da qilib, va’dasining ustidan chiqmayotgan “haqiqiy tadbirkor”, “mardlik namunasi” Murod Nazarov foydasiga ish hal bo‘laveradi.
Uzdiplomat.uz’ning mazkur mavzuga atalgan videosi Youtube platformasida e’lon qilingach, Murod Nazarov shunday izoh qoldirdi:
Qaytarib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aynan mazkur hududdagi daraxtlarni kesishga uringan niqoblilarga, va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rezhalashtirgan xo‘zhalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanishini aytgan.
Ko‘ramiz, Bosh Prokuratura chora ko‘ra olarmikan?