O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 22 apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Mirziyoev shu kunga qadar 24 kun dam olgan.
17 yillik mehnat faoliyatidan so‘ng davlat rahbari ilk bor 2019 yilda 5 avgustdan 12 avgustgacha, 7 kun ta’til olgandi.
Ayni shu yil yakunida favqulodda boshlangan koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan Shavkat Mirziyoev 2020 yilda dam ololmagan.
U faqatgina 2021 yilning yanvarь oyiga kelib, 4−11 yanvarь kunlari (7 kun) qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.
Prezidentning 2022 yilgi ta’tili esa atigi ikki kun davom etdi. 5 yanvarь kuni boshlangan ta’tilning 7 yanvarda tugashiga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi tartibsizliklar sabab sifatida keltiriladi.
2023 yil 4 dekabrda ham qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 8 kun dam oldi va 12 dekabrdan yana ishini davom ettirdi.
Shavkat Mirziyoevning zhoriy yilgi ta’tili necha kun davom etishi ochiqlanmagan. Ammo o‘tgan yillardagidan xulosa qilinsa, agar favqulodda hodisalar sodir bo‘lmasa, bu tahminan bir haftani tashkil qilishi mumkin.