U O‘zbekiston bilan harbiy hamkorlik poydevorni mustahkamlash uchun O‘zbekistonda 28 aprelga qadar qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi.
Hindiston Quruqlikdagi qo‘shinlari shtabi boshlig‘i General Manozh Pande bugun, 15 aprelь kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, umumiy manfaatdor zhihatlar bo‘yicha fikr almashish va ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Shuningdek, Surxandarё viloyatining Termiz shahrida Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi “DO‘STLIK” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarining 5-bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Unda Hindiston Qurolli Kuchlari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontingentlari ishtirok etib, kelazhakdagi harbiy hamkorlik poydevorini mustahkamlash uchun birgalikda mashq qiladi. General Manozh Pande boshchiligidagi harbiy delegasiyaning amaliy tashrifi 28 aprelda yakunlanishi kutilmoqda.