O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea zhoyiga etib borishgan.
O‘zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasining tasdiqlashicha, 2024 yil 8 aprelь kuni Samara viloyatida (Rossiya Federasiyasi) Chimkent-Nizhniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan.
Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi zharohat oldi va tibbiyot muassasalariga zhoylashtirilgan.
«Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea zhoyiga etib borishdi», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston vakillari Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.
Elchixona hodisada halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan va murozhaat uchun aloqa raqamlarini ilova qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu oy boshidan buyon o‘zbekistonlik muhozhirlar ishtirokidagi trassada yuz bergan ikkinchi baxtsiz hodisadir.
3 aprelь kuni Samara-Chimkent avtomobilь yo‘lining Marzhonbuloq qishlog‘i yaqinida yuz bergan avtohalokat oqibatida mikroavtobus haydovchisi va uning 7 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchisi voqea zhoyida halok bo‘lgandi.