Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi yil boshidan buyon 18,3 milliard dollarga oshdi. Asli o‘zbekistonlik oligarx Alisher Usmonovning boyligi esa 2,8 milliard dollarga kamaygan.
Bloomberg Billionaires Index (BBI) da keltirilicha, eng ko‘p daromadga «Evroxim» va SUEK (Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi) ta’sischilaridan bo‘lgan Andrey Melьnichenko erishgan, u 5,29 milliard dollarga boyidi. Uning hozirgi kapitali 24,1 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning kompaniyalari AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi.
Eng katta zararni USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ko‘rdi, uning boyligi 2,8 milliard dollarga kamaygan va hozirda 18,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Bloomberg reytingi bo‘yicha eng boy rossiyaliklar safiga “Nornikelь” kompaniyasining mulkdori Vladimir Potanin ham AQSh sankiyalari ro‘yxatiga tushgan bo‘lsada, 768 million dollar foyda olgan, uning hozirgi boyligi 31,8 milliard dollarni tashkil etadi.
Shuningdek Rossiyaning eng boylari qatoridan NOVATEK mulkdori Leonid Mixelson (-747 mln dollar, boyligi 26,7 mlrd dollar), LUKOYL mulkdori Vagit Alekperov (+1,79 mlrd dollar, boyligi 26,4 mlrd dollar)lar ham o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda rossiyalik milliarderlar o‘z boyliklarini 50 milliard dollarga ko‘paytirishgandi. Gardian nashri ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan yili milliarder Alisher Usmonovning ham boyligi oshgan va daromadi $1,88 mlrdga ortib, umumiy boyligi — $20,3 mlrdga etgan edi.
Bu yil esa unga omadsiz kela boshladi va Bloomberg hisob kitoblariga ko‘ra fevral oyida Usmonovning boyligi 124 million dollarga kamaya boshlagandi.
Ma’lumot uchun: Bloomberg hisob kitoblari tadbirkorlar egalik qiladigan kompaniyalar aksiyalari narxi va ulardagi hissalaridan kelib chiqib amalga oshirilgan.
Hozirda uning ro‘yxatini birinchi o‘rnida LVMH guruhi rahbari Bernard Arno, ikkinchi o‘rinda Zheff Bezos va uchinchi o‘rinda Ilon Mask turibdi.