Kecha vazirlik barcha metan zapravkalar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilayotganini ma’lum qilgandi.
Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda qayd etilishicha, 17 fevralь kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol tufayli 110 kV kuchlanishga ega ikkita elektr uzatish tarmoqlari avariyaga uchragan. Natizhada «Gazli» kompressor stansiyasidagi 8 ta hamda «Gazli» gazni qayta ishlash zavodiga qarashli «Uchqir» kompressor stansiyasidagi 2 ta gaz haydash agregati favqulodda to‘xtagan. Oqibatda tabiiy gaz hazhmi me’yoriy sxemadagidan qisqarib, magistralь gaz quvurlarida bosim nisbatan pasaygan.
Hozirgi vaqtda avariyaga uchragan elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Gaz haydash agregatlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish ustida ishlanmoqda.
«Gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va izhtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha metan zapravkalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi va bu cheklov bugun ham davom etadi«, — dedi vazir matbuot kotibi Hasan Toshxo‘zhaev.
Ma’lumot o‘rnida, aynan 18 fevralь kuni barcha elektr stansiyalar orqali zhami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqilgan.
Turkmaniston Respublikasidan esa 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilingan.
Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi etkazib berilgan. Tabiiy gaz iste’moli esa 151,6 mln kubometrni tashkil qilgan.