Endilikda, Saudiya Arabistonida ziёrat (turistik) viza, umra va boshqa turdagi vizalar bilan Hazh qilishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Saudiya hukumati tomonidan Hazh-2024 mavsumida tartibni saqlab va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida keskin zhazo choralari zhoriy etildi.
Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga ziёrat (turistik) viza, umra viza, biznes viza va boshqa turdagi vizalar bilan safar qiluvchi fuqarolar viza muddati tugagunga qadar Saudiya hududini tark etishi shart;
Ziёrat (turistik)viza, umra viza va boshqa turdagi vizalar bilan Hazh qilishga ruxsat berilmaydi. Ushbu xatti-harakatlar noqonuniy hisoblanadi.
“Saudiya Arabistoni Hazh va umra vazirligi xorizhiy ziёratchilar va Podshohlik aholisini “Hazh-2024” mavsumida maxsus ruxsatnomasiz hazh amallarini bazharishlarining huquqiy oqibatlari haqida ogohlantiradi.
Viza muddatini buzish, Saudiya hududida qolib ketish, vizada belgilangan muddatdan ortiqcha yashash hamda hazh vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan Hazh qilganlik uchun Saudiya qonunchiligida qatъiy choralar belgilangan. Ushbu qoidani buzganlik uchun 10 yil muddatga deportasiya qilish ёki 6 oy qamoq zhazosi belgilangan. Ushbu qoidani buzgan ziёratchilar, shaxslar, turfirma va tashkilotlarga 50.000 saudiya riёli (13,400 AQSh dollari) miqdorida zharima belgilangan”,- deya ogohlantirilgan xabarda.
Avvalroq, 2023 yilda o‘zbekistonliklarning 15 ming 150 nafari Hazh, 43 mingdan ortig‘i Umra amalini ado etgani maъlum qilingandi.