AQSh O‘zbekistonda zaharlangan harbiylariga ёrdamni tezlatmoqda. Bu AQShning o‘z harbiylarini Xonobodda zaharlanganini nihoyat tan olganini anglatadi
Xonobodda xizmat qilgan AQSh harbiylarining aksari saraton bilan og‘rib kelgan.
AQSh hukumati Xonoboddagi harbiy bazada xizmat qilgan askarlar u erda zaharlanganini tan oldi. Endilikda ular uchun maxsus tibbiy ёrdamlarni azhratmoqda.
O‘zbekiston taraf esa Xonobod atrofdagilarga zaharli ekanligi haqida lom-mim demagan.
Qashqadarёdagi harbiy bazada bo‘lgan AQSh harbiylarining ko‘pchiligida saratonning kam uchraydigan turi aniqlangan.
AQSh hukumati yigirma yillar davomida harbiylarni Xonobodda zaharlanganini tan olishni istamadi. Washington Postʼning ёzishicha, hozirgi vaqtda K2 bazasida xizmat qilgan 16 ming veterandan taxminan 13 ming nafari veteranlar maъmuriyati tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hammasi qanday boshlangan edi?
2001 yillarda AQSh harbiylari O‘zbekistondagi Qarshi-Xonobod (K2) sobiq sovet havo bazasiga zhoylashtirilgan edi. Ularni terrorizm, «Al-Qoida»ga qarshi kurashgani aytiladi. Ammo ular terrorizm tahdididan tashqari yana bir xavfga duch kelishdi — K2 zaharli muhitga ega edi. Harbiylar Xonobodda kimёviy moddalar, radioaktiv moddalar bilan zaharlanishganini maъlum qilishdi. Bazada ko‘zga ko‘ringan xavfli zhihatlardan biri — er ostidagi “qora qovuq”, ёrug‘langan ko‘llar va kimёviy moddalar hidi doimiy ravishda sezilib turgan.
K2 bazasida xizmat qilgan minglab harbiylar o‘sha erdagi zaharli taъsirlar bilan bog‘liq turli xil og‘ir kasalliklarni, zhumladan, kam uchraydigan saraton kasalliklarini orttirganliklarini xabar qilganlar. Ammo bir necha yil davomida AQSh Veteranlar Maъmuriyati (VA) va hukumati K2 xizmati bilan ushbu salomatlik muammolari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni to‘liq tan olmagan. Ko‘plab veteranlar o‘zlarini eъtiborsiz qoldirilgan va zarur ёrdam etkazilmagan deb his qildilar.
Veteranlar maъmuriyati (VA) ёrdam qo‘lini cho‘zdi
Yaqinda VA bu muammoni hal qilish uchun qadam tashladi. Endilikda barcha K2 veteranlari VA sog‘liqni saqlash tizimiga kirish huquqiga ega bo‘lib, ularning arizalari bazaga xos zaharli taъsirlarni hisobga olgan holda batafsil ko‘rib chiqilmoqda. Veteranlar maъmuriyati shuningdek, zaharli taъsirlar bilan bog‘liq ayrim saraton kasalliklarni tezroq aniqlab maъqullashni vaъda qilgan. Hozirgi vaqtda K2 bazasida xizmat qilgan 16 ming veterandan taxminan 13 ming nafari VA tizimida ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning ariza va maъqullash darazhasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega.
Veteranlar guruhlari va kongressmen Mark Grin kabi qonun chiqaruvchilar, o‘zlari ham zaharli taъsirga duchor bo‘lganlar. Ular VAning bu qaroriga katta g‘alaba sifatida baho berishmoqda. Biroq, bu ёrdamni olish uchun veteranlar 20 yildan ortiq vaqt kutganlarini ular qoralaydilar.