Bu haqidagi shartnoma ratifikasiya qilindi.
Mazkur qonun oktyabrь oyida Oliy Mazhlis tomonidan kiritilib, shu oyning o‘zida senat tomonidan maъqullangan. Yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun 2021 yildan buёn qabul qilinmay kelinmoqda.
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni taъsis etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi . 2023 yil 13 oktyabrь kuni MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Zho‘mart To‘qaev rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzishni taklif qilgandi.
O‘sha paytdagi huzhzhatda o‘zaro aloqalar va xalqaro tashkilotlar hamda forumlar platformalarida rus tilidan foydalanish mazhburiyati tasdiqlangan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, ushbu shartnoma ochiq va unga MDHdan tashqari ham har qanday davlat qo‘shilishi mumkin.
Maъlumot uchun, Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shu kunlarda rus tilini bilmaydigan migrantlarning bolalarini maktablarga qabul qilishni to‘xtatish kerakligini aytgan. U o‘z talabini umumiy taъlim sifatiga salbiy taъsir ko‘rsatilaёtgani bilan izohlagan. Medvedevning davlat migrasiya siёsati bo‘yicha yig‘ilishdagi nutqi uning “VKontakte” sahifasida eъlon qilingan.
“Ko‘pincha maktablar va boshqa taъlim muassasalariga rus tilini bilmaydigan bolalar qabul qilinadi. Natizhada, umumiy taъlim darazhasi pasayadi. Bu hammaga maъlum va bunga chek qo‘yish vaqti keldi,” degan u.
Sverdlovsk viloyatidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Igor Morokov rus tilini yaxshi bilmaydigan migrant bolalarni nogiron bolalar bilan tenglashtirishni taklif qilgan. Uning fikricha, bunday bolalar va ularning o‘qituvchilari uchun tegishli sharoitlar yaratish kerak.
2024 yil sentyabrь oyida eъlon qilingan “Izvestiya” gazetasi xabariga ko‘ra, Rossiya Taъlim vazirligi maktab va bolalar bog‘chalariga rus tilini yaxshi bilmaydigan uch nafar migrant bolaning sinfga qabul qilinishi tavsiya etilgan. Huzhzhatda bu bolalarni samarali o‘qitish nogiron bolalarni o‘qitish kabi qiyin ekani taъkidlangan.
Milliy tiklanish partiyasi lideri Alisher Qodirov esa
«O‘zbekistonda rus tilini ommalashtirishga yo‘naltirilaёtgan samarasiz mablag‘lar Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga rus tilini o‘rgatishga ishlatilsa samarasi ko‘proq bo‘ladi»- deya munosabat bildirgandi.