G7 mamlakatlari Markaziy Osiyo davlatlarining infratuzilmasini rivozhlantirish uchun 200 milliard AQSh dollari azhratadi. 200 milliard dollarni taqsimlashda Qozog‘istonga e’tibor ustuvorlik qilishi aytilmoqda. Mazkur investisiya AQSh Davlat departamentining Global infratuzilma sarmoyalari bo‘yicha hamkorlik dasturi (PGI) maxsus koordinatori vazifasini bazharuvchi Xelena Matzaning Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan tashrifining natizhasi. Xelena Matza mazkur tashriflar chog‘ida 14 iyulь kuni O‘zbekistonga ham kelgan. Xelena Matzani O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kutib olgan. Uchrashuvda transport infratuzilmasini rivozhlantirish, geologiya va raqamlashtirish loyihalariga xususiy moliyalashtirishni zhalb qlish masalalari ko‘rilgan. Biroq, mazkur mablag‘ning qancha qismi O‘zbekistonga azhratilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Xelena Matzaning Markaziy Osiyoga qilgan tashrifi haqida AQSh davlat departamenti Markaziy Osiyo davlatlarini Kaspiy koridori bilan bog‘lash masalalari yuzasidan tashrifni amalga oshiradi, deya ma’lumot bergan edi.
200 milliard dollar nima maqsadda berilmoqda?
G7 mamlakatlarining Markaziy Osiyo davlatlariga mablag‘ azhratishdan maqsad oziq-ovqat va energiya xavfsizligini ta’minlash uchun ta’minot zanzhirlarini diversifikasiya qilishdir. Xelena Matzaning O‘zbekistonga qilgan tashrifida ham Transkaspiy xalqaro marshrutiga ulanish imkoniyatini moliyalashtirish haqida gaplashilgani aytiladi.
Ma’lumot uchun, G7 mamlakatlari (AQSh, Kanada, Fransiya,Italiya, Germaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniya ) 2027 yil yakuniga qadar rivozhlanayotgan mamlakatlarga 600 milliard dollar investisiya kiritishni rezhalashtirgan. Mana shu mablag‘ning 200 mlrd AQSh dollari Markaziy Osiyo davlatlariga azhratilishi ko‘zlangan. Mazkur mablag‘ni azhratish qarori 2022 yildagi iyunь oyida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida AQSh tomonidan ilgari surilgan edi.