1 may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 4595 ta O‘zbekiston fuqarolariga mansub yuridik shaxs ro‘yxatga olingan. Bu haqda “Data Hub” reyting e’lon qildi.
Reytingda Rossiya 23,5 mingta kompaniyalari bilan birinchi o‘rinda turibdi.
Ikkinchi o‘rinda esaTurkiya. Bu davlatga tegishli korxonalar soni 5,5 mingta, yoki o‘tgan yilgidan 1,8 % ko‘p.
Reytingda O‘zbekiston biznesi Xitoyni siqib chiqargan va 3-o‘rinda qayd etilgan. Qozog‘istonda mamlakat korxonalari soni ulushi o‘tgan yilgidan 5% ga oshgan.
“Rossiya va Ukraina urushi boshlanganidan keyin mintaqaviy idoralarning 40 dan ortig‘i Qozog‘istonga ko‘chgan. Rossiya kompaniyalarining Qozog‘istondagi qiymati mart oyi boshida 1,5 milliard dollardan oshdi,
degan Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Bauyrzhan Xudaybergenov.
O‘zbek kompaniyalarning Qozog‘istonda faoliyat yuritish bo‘yicha ulushi 79% tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 18% ga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 aprelь holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorizhiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha Qozog‘iston 4-o‘rinda turadi.
Xorizhiy korxonalarning zhami soni 14 226 tani tashkil etib, ularning 1 102 tasi Qozog‘iston fuqarolariga tegishlidir.