O‘zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o‘tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari qanday viza bo‘lishidan qat’iy nazar mamlakat hududidan chiqarmaslikka harakat qilmoqda. Shuningdek nazorat-o‘tkazish punktida Turkmaniston fuqarolarining Rossiyaga ketish yoki ketmasligi ham qattiq so‘roq qilinmoqda.
“Turkmaniston fuqarolari pulni tezhash maqsadida O‘zbekiston aviaqatnovlaridan foydalanmoqda. 2024 yilning may oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning S7 kompaniyasining Ashxobod-Moskva yo‘nalishi chiptasi narxi 577 dollar, Urganch–Moskva yo‘nalishidagi chipta narxi esa 119 dollar turadi”,
deyilgan “Turkmen news” xabarida.
Nashrning yozishicha, tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra Ashxaboddan Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish yanada qiyinlashgan.
Ba’zi manbalar Turkmaniston rasmiylari shu yo‘l bilan mehnat muhozhirlari oqimini to‘xtatmoqchi, degan fikrda. Boshqalar esa bu choralar turkman fuqarolarini Ukrainadagi urushga zhalb qilish holatlari ko‘payib borayotgani munosabati bilan ko‘rilgan, deb hisoblaydi.
Shuningdek xabarda, so‘nggi yillarda Turkmanistondan Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarga mehnat migrasiyasi va emigrasiyasi barqaror o‘sib borayotganligi keltirilgan. Rasmiylar esa bunga pasport berish, viza olish, chipta sotib olish va boshqa zarur harakatlarni byurokratik tarzda murakkablashtirish orqali qarshi kurashishga harakat qilayotgani aytilgan.