Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida ma’lum qildi.
Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudovning ta’kidlashicha, tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda tanlashga mazhburlamoqda.
“Markaziy Osiyo davlatlari tashqi kuchlar tomonidan tazyiqqa uchrashda davom etmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi va bu mintaqada tinchlik, xavfsizlik va ishonch makonini o‘rnatish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Afsuski, bugungi kunda mintaqa davlatlariga bosim davom etmoqda»
degan Mahmudov.
Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov tashqi kuchlar qaysi ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Ma’lumot uchun, bugun, 25 aprelь kuni Sankt-Peterburgda Expoforumdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda MDHga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari terrorizmga qarshi birgalikda kurashish masalalarini muhokama qilmoqda. Tadbirni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev olib boradi.