Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini e’lon qildi.
Sanksiyalar zhoriy qilingan korxonalar orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta kompaniya bor. Bular “Alfa Beta Creativ” MChZh, “GFK Logistics Asia” MChZh va “Mvizion” MChZhlardir.
Uchala kompaniya ham avvaldan shubha markaziga tushgandi. “Alfa Beta Creativ” MChZh va “GFK Logistics Asia” MChZhlar Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib, Evropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiyaning qora ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, “Mvizion” MChZh Buyuk Britaniya va AQSh hukumatining qora ro‘yxatidan zhoy olgan.
Ma’lumot uchun, “GFK Logistic Asia” – 2018 yil 28 martda, “Alfa Beta Creative” esa 2022 yil 6 iyunda ro‘yxatga olingan. Har ikki kompaniya ham bitta – Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16A manzilida ro‘yxatga olingan. Birinchisining yagona ta’sischisi va rahbari – Grabilin Oleg Valerievich bo‘lsa ikkinchisining ta’sischisi xuddi shu GFK Logistic Asia (80 foiz) va Grabilin Oleg Valerievichdir (20 foiz). “Mvizion” – 2022 yil 14 iyunda ro‘yxatga olingan. Tashkilotning yagona ta’sischisi va rahbari-Igorь Nikolaevich Ievlev bo‘lib, hozirda davlat reestrida ushbu korxona tugatilayotgani qayd etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari ham Rossiya bilan bog‘liq navbatdagi sanksiyadagilar ro‘yxatini e’lon qildi.
AQSh Moliya vazirligining Xorizhiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi cheklovlarida o‘zbekistonlik Maksim Zagornov va Polar star Logistics kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ham bor. Zagornov Rossiya kichik energiya assosiasiyasi prezidenti, shuningdek, BAAdagi «Delovoy Rossiya» savdo uyini boshqaradi. 1973 yil 8 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda u energetika ob’ektlarini qurish bilan shug‘ullanadigan MKS kompaniyalar guruhiga asos solgan. Polar star Logistics Dubayda zhoylashgan, Toshkent va Mumbayda ham ofislari mavzhud. Kompaniya tovarlarni etkazib beradi va logistika xizmatlarini ko‘rsatadi. Polar star Logistics Tashkent 2018 yilda Davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tgan. Zhamiyatning ustav kapitali 73,1 million so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabrda Evropa Ittifoqi 12-sanksiya paketiga asli o‘zbekistonlik, “Mikrotex” AK asoschisi va rahbari Andrey Xoxlunni kiritgan. 11-sanksiya paketida esa O‘zbekiston korxonalari Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia kiritilgandi. AQSh ham ularga nisbatan eksport cheklovlarini zhoriy qilgandi. AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular Rossiya harbiy va mudofaa sanoati ehtiyozhlari uchun Amerika tovarlarini sotib olishda sanksiyalarni chetlab o‘tishga harakat qilgan.