Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, ularga shikast etkazishga olib keladigan loyiha huzhzhatlarini ishlab chiqish ma’muriy zhavobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bu Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun huzhzhatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, shuningdek, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma’muriy zhazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi. Bundan tashqari, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslarning aynan daraxt va butalar kesilgan zhoyda kompensasiyaviy daraxtlar ekishi mazhburiyati belgilandi. Qolaversa, ekilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarish qilishadi.
Shuningdek, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Qonun 2024 yil 1 martdan kuchga kirdi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda daraxtlarni kesishga e’lon qilingan moratoriyga qaramasdan, 49 mingga yaqin daraxt kesilgan.
Zhoriy yil fevralь oyining o‘zida ikki yirik daraxtkushlik Denov-Novqat kanali qirg‘og‘ida 150 tup daraxt kesilgani, Gurlan tumanida 81 tup daraxt kesilgani xabar qilindi. Shuningdek, faollar Buxorodagi qurilishlarda yuzlab daraxtlarga shikast etishidan xavotir bildirishmoqda.